Hibsdagi Odilxon qori og‘ir judolikka uchradi

1 daqiqa o'qish270
Hibsdagi Odilxon qori og‘ir judolikka uchradi

Hibsda saqlanayotgan taniqli diniy ulamolardan biri Odilxon qori Ismoilov oilasida og‘ir musibat yuz berdi. Uning 90 yoshli onasi Hafizaxon aya vafot etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, marhuma 11 avgust kuni olamdan ko‘z yumgan. U bugun, 12 avgust kuni peshin namozidan so‘ng Namangan shahridagi «Mavlono» qabristoniga dafn etilgan.

Marosimda marhumaning yaqinlari va qarindoshlari ishtirok etgan. Ammo hibsda saqlanayotgan Odilxon qori Ismoilov onasining janoza va dafn marosimida qatnashmagan.

Eslatib o‘tamiz, Odilxon qori Ismoilov joriy yilning 20 iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudi hukmi bilan 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Odilxon qori Ismoilov ko‘p yillar davomida Toshkentdagi bir qator yirik masjidlarda faoliyat yuritgan. Xususan, u Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi, shuningdek, «Ko‘kcha» (Shayx Zayniddin) masjidi imomi sifatida xizmat qilgan.

90 yoshida vafot etgan Hafizaxon ayaning dafn marosimi Namanganda o‘tkazildi. Onasi bilan so‘nggi bor xayrlasha olmagan o‘g‘il uchun bu ayriliq yanada og‘ir kechgani tabiiy.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?