«Sizlar mayda odamlarsiz»: Merab va Umar o‘rtasidagi adovat yangi bosqichga chiqdi

2 daqiqa o'qish144
«Sizlar mayda odamlarsiz»: Merab va Umar o‘rtasidagi adovat yangi bosqichga chiqdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Merab Dvalishvili Umar Nurmagomedov va uning atrofidagilar tanqidiga keskin javob berib, hurmatsizlik qilganlarga javob qaytarishini aytdi.
  • U Tbilisida Ahmed Gadjimagomedov bilan yuz bergan mushtlashuvdan so'ng vaziyatni tinch yo'l bilan hal qilganini bildirdi.
  • Dvalishvili 24 oktyabr kuni Abu-Dabida UFC 333 turnirida Petr Yan bilan jang qiladi.
  • Umar Nurmagomedov esa 29 avgust kuni Makaodagi UFC Fight Night 286 turnirida Song Yadongga qarshi oktagonga chiqadi.

UFC'ning o‘ta yengil vazn toifasidagi sobiq chempioni Merab Dvalishvili rossiyalik jangchi Umar Nurmagomedov va uning atrofidagilar tomonidan bildirilgan tanqidlarga nisbatan keskin va murosasiz munosabat bildirdi.

Gruziyalik sportchi Tbilisida o‘tkazilgan RAF turniri matbuot anjumanida rossiyalik kurashchi Ahmed Gadjimagomedov bilan yuz bergan mushtashuv va janjal tafsilotlariga aniqlik kiritdi.

«Yomon niyat bilan kelsangiz, javobini olasiz»

Dvalishvili ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan videomurojaatida o‘z pozitsiyasini va tarbiyasini shunday izohladi:

«Umar va ba’zi mayda odamlar men haqimda har xil safsatalarni gapirishda davom etishmoqda. Sizlar hayot haqida hech narsa bilmasangiz kerak, lekin men erkakman. Agar sizlar menga hurmatsizlik qilsangiz va boshqa tilda baland ovozda gapira boshlasangiz, men sizga tarsaki tortaman. Chunki men shunaqaman va shunday tarbiya topganman. Bu mening madaniyatim va siz aynan shunga loyiqsiz. Qaysi mamlakatda bo‘lishimning ahamiyati yo‘q — agar yomon niyat bilan kelsangiz, javobiga o‘sha narsaning o‘zini olasiz», — dedi Dvalishvili.

«50 ming yigit ko‘chaga chiqsa nima bo‘lardi?»

Gruziyalik jangchi vaziyatni o‘zi bosganini, aks holda Tbilisidagi mehmonlar uchun oqibatlar juda og‘ir va tahlikali tugashi mumkin bo‘lganini ta’kidladi:

«O‘sha voqeadan keyin Gruziyada ekanimni yana bir bor angladim. Tbilisidagi barcha o‘smirlar, yigitlar va do‘stlarim mushtlashmoqchi bo‘lishdi. U yerda turli mamlakatlardan 200 nafar mehmon bor edi, mening yurtimda esa millionlab odam yashaydi. Agar hatto 50 ming yigit ko‘chaga chiqqanida nima bo‘lishini tasavvur qila olasiz. Shuning uchun men mojaroga borgan yigitni topdim, qo‘l berib ko‘rishdim va hammasini tinch yo‘l bilan hal qildim. Lekin siz, mayda odamlar, u yerda bo‘lmay turib safsata sotishni to‘xtating!»

Jangchilarning navbatdagi uchrashuvlari

Murosasiz bayonotlar fonida har ikkala tomonni oldinda o‘ta mas’uliyatli va muhim janglar kutmoqda:

  • Merab Dvalishvili: 24 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC 333 turnirida Petr Yan bilan trilogiyaning yakuniy jangida chempionlik kamarini qaytarib olish uchun oktagonga ko‘tariladi.

  • Umar Nurmagomedov: 29 avgust kuni Makaodagi UFC Fight Night 286 turnirining markaziy jangida Song Yadongga qarshi jang o‘tkazadi.

Fikringizni izohlar bo‘limida qoldiring va maqolani Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishlaringizga ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?