8 yoshida 198 sm edi: Karan Singx endi 2,5 metrga yaqin bo‘y bilan e’tibor markazida!

8 yoshida 198 sm edi: Karan Singx endi 2,5 metrga yaqin bo‘y bilan  e’tibor markazida!

Hindistonlik Karan Singx bolaligidan bo‘yi bilan e’tibor markazida bo‘lib keladi. U 8 yoshida 198 santimetr bo‘yi bilan yangiliklar sarlavhalariga chiqqan edi.

Endi bo‘yi 250 sm ga yaqinlashgan

17 yoshli Karan yaqinda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bo‘yi taxminan 8 fut 2 dyuym — 250 santimetr ekanini ma’lum qildi.

Uning WWE afsonasi Buyuk Xali bilan uchrashuvi aks etgan video esa internetda katta qiziqish uyg‘otdi.

Videoda Karan Singx hatto Buyuk Xalidan ham balandroq ko‘rinadi. Xali u bilan gaplashish uchun boshini yuqoriga ko‘tarishga majbur bo‘lgan.

“Hali ham o‘smoqda” degan xabarlar tarqaldi

Xorijiy OAV Karan Singxni qariyb 2,5 metr bo‘yli 17 yoshli yigit sifatida tilga olmoqda. Ayrim xabarlarda uning hali ham bo‘y o‘sishi davom etayotgani aytilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa uning surat va videolari ostida turli izohlar qoldirilmoqda.

Sizningcha, Karan Singxning bo‘yi yana qancha o‘sishi mumkin?

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar