O‘g‘lini ataylab kambag‘al qilib tarbiyalagan milliarder: sababi hayratlanarli!

Xitoylik milliarder Chjan Yuy Dun o‘g‘li Chjan Szi Luni boylikka o‘rganib qolmasligi uchun yillar davomida kompaniyasi qarzga botganini aytib, o‘zini kambag‘al qilib ko‘rsatgan. Shu sababli yigit oddiy kvartirada yashab, arzon maktabda o‘qigan va universitetni bitirgach, oilasining qarzlarini to‘lashga yordam berish uchun oyiga 800 dollar atrofidagi ish izlagan.
Xitoyda milliarder ota o‘g‘lini boylikka o‘rganib qolmasligi uchun yillar davomida o‘zini kambag‘al qilib ko‘rsatgani haqidagi voqea internetda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
“Kompaniyamiz qarzga botgan”
“Mala Prince” achchiq sneklar brendi asoschisi, 51 yoshli Chjan Yuy Dun kompaniyasiga o‘g‘li Chjan Szi Lu tug‘ilgan yili asos solgan.
Biroq u o‘g‘liga kompaniya og‘ir moliyaviy ahvolda ekanini, katta qarzlari borligini aytib kelgan. Natijada yigit oddiy kvartirada yashab, arzon maktabda o‘qigan va o‘zini kambag‘al oilada ulg‘ayayapman deb o‘ylagan.
Ota-onasi pulni tejab bergani sababli, u oilasining haqiqiy boyligidan butunlay bexabar bo‘lgan.
Universitetni tamomlagach, yigit hatto oilasining qarzlarini to‘lashga yordam berish uchun oyiga 800 dollar atrofidagi oddiy ish izlay boshlagan.
Shu paytda otasi unga haqiqatni aytgan: kompaniya yiliga qariyb 83 million dollar daromad keltirgan.
Bundan tashqari, milliarder o‘g‘liga 1,4 million dollarlik hashamatli villa sovg‘a qilgan.
Otaning aytishicha, uning maqsadi o‘g‘lini tayyor boylikka suyanib qolishdan asrash, uni mehnatsevar va kamtar qilib tarbiyalash bo‘lgan.
Sizningcha, ota to‘g‘ri yo‘l tutganmi?































Izohlar 0
…