Ko‘nikish qiyin bo‘ladimi? Instagram'ning yangi logotipi va tarmoqdagi bahslar

1 daqiqa o'qish338
Ko‘nikish qiyin bo‘ladimi? Instagram'ning yangi logotipi va tarmoqdagi bahslar

Dunyodagi eng ommabop foto va video almashinuvi servisi — Instagram qariyb o‘n yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor o‘zining rasmiy matnli logotipini (wordmark) tubdan yangiladi.

Ijtimoiy tarmoqning ushbu kutilmagan vizual redizayni servis nomining firma uslubidagi yozuviga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatdi.

Qo‘lyozma uslubi saqlandi, ammo geometriya o‘zgardi

Dizaynerlar tarmoqning barchaga tanish bo‘lgan klassik qo‘lyozma asosini to‘liq saqlab qolgan holda, harflarning alohida elementlariga jiddiy ishlov berishdi. Yangi talqinda harflar yanada aniq, geometrik jihatdan mukammal va zamonaviy ko‘rinishga keltirilgan.

Meta kompaniyasi ushbu qadam orqali yangi logotipning Instagram'ning avvalgi korporativ brend uslubi bilan vizual va tarixiy aloqasini saqlab qalishga intilganini ta’kidlamoqda.

Ko‘nikish qiyin bo‘ladimi? Instagram'ning yangi logotipi va tarmoqdagi bahslar

E’tiborli jihati shundaki, yangilanish aynan «Instagram» matnli yozuviga tegishli bo‘lib, ilovaning kamera tasviri tushirilgan, hammaga tanish gradiyent belgisi (ikonkasi) o‘zgarishsiz qoladi.

Foydalanuvchilarning keskin reaksiyasi va muhokamalar

Instagram logotipidagi ushbu yangilanish ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida darhol qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Shu paytgacha foydalanilgan avvalgi matnli logotip qariyb 10 yil davomida o‘zgarishsiz xizmat qilgani bois, ko‘pchilik yangi dizaynga ko‘nikishda qiynalmoqda. Auditoriyaning bir qismi zamonaviy geometriyani ijobiy va minimalistik deb baholagan bo‘lsa, boshqalar yangi yozuvni notanish deb hisoblab, ayrim harflar shaklini boshqa belgilar bilan qiyoslay boshlashdi.

Fikringizni izohlar bo‘limida qoldiring va maqolani Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishlaringizga ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?