Alamli mag‘lubiyat: Mirjalol Qosimov Buxorodagi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

1 daqiqa o'qish169
Alamli mag‘lubiyat: Mirjalol Qosimov Buxorodagi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekiston Superligasining 17-turida OKMK «Buxoro»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi, bosh murabbiy Mirjalol Qosimov bunga oddiy gollar o‘tkazib yuborilgani va darvozabonning ishonchsiz o‘yinini sabab qilib ko‘rsatdi.
  • Qosimov uchrashuvni «6 ochkolik o‘yin» deb atab, jamoasida kamida beshta qulay vaziyat bo‘lganini, ammo ulardan foydalana olmaganini ta'kidladi.

O‘zbekiston Superligasining 17-turida og‘ir va prinsipial mag‘lubiyatga uchragan Olmaliqning OKMK klubi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov «Buxoro»ga qarshi kechgan (0:2) bellashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tajribali mutaxassis jamoasi juda oddiy gollarni o‘tkazib yuborayotgani va darvozabonning birinchi bo‘limdagi ishonchsiz o‘yini mag‘lubiyatga sabab bo‘lganini ochiq-odin ta’kidladi.

«Bu 6 ochkolik o‘yin edi»

Mirjalol Qosimov uchrashuvning turnir jadvalidagi ahamiyati yuqori bo‘lganini va vaziyatlardan foydalana olishmaganini aytib o‘tdi:

«O‘yin haqida nima deyishim mumkin? Qiziqarli va keskin kechdi. Turnir jadvalida ham bir-birimizga juda yaqin edik. Lekin g‘alaba uchun gol urish kerak. Men bundan oldin ham aytgan edim: juda oddiy va bema’ni gollarni o‘tkazib yuboryapmiz. Bu uchrashuv biz uchun aslida 6 ochkolik o‘yin edi, buni yigitlarga ham ta’kidlagandim. «Buxoro»ni g‘alaba bilan tabriklayman.

O‘yin davomida bizda kamida beshta qulay vaziyat bo‘ldi. Hisob 0:0 bo‘lib turganda ham juda yaxshi imkoniyatlarga ega edik, ammo gol ura olmadik. Vaziyat yaratyapmiz, lekin golni juda qiyinchilik bilan uramiz, o‘zimizga kelganda esa jo‘n holatlarda gol o‘tkazib yuboramiz. Hozir kiyinish xonasida ham aytdim: yutish uchun gol urish kerak», — dedi Qosimov.

«Bemalol qo‘li bilan ushlaydigan vaziyat edi»

Jurnalistlarning birinchi bo‘limdan so‘ng asosiy darvozabon Javohir Ilyosovning almashtirilgani (uning o‘rniga 46-daqiqada Hamidullo Abdunabiyev tushgan edi) haqidagi savoliga murabbiy quyidagicha javob berdi:

«Birinchi bo‘limda hammasi oddiy xatolardan boshlandi. To‘pni o‘yinga kiritishda, qo‘ldan tashlab berishda ikki marta va o‘rtaga oshirishda... Qanaqadir tushunarsiz va ishonchsiz harakatlar bo‘ldi. Golli vaziyatda ham unchalik og‘ir holat yo‘q edi — bemalol qo‘li bilan ushlaydigan to‘p edi.

O‘shani ko‘rib turdim. Balki yaxshi uxlamagandir, balki o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmagandir... Buning sababini hozir aniq ayta olmayman. Keyinchalik o‘yinni qaytadan sinchiklab o‘rganib chiqqanimizda, yigitlar bilan gaplashib, hammasini bilib olamiz», — deya so‘zini yakunladi OKMK ustozi.

Fikringizni izohlar bo‘limida qoldiring va maqolani Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishlaringizga ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?