«Arsenal» anshlagi: Londonliklar «Siti»dan revansh olishga shaylanmoqda!

1 daqiqa o'qish209
«Arsenal» anshlagi: Londonliklar «Siti»dan revansh olishga shaylanmoqda!
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 16 avgust kuni Angliya Superkubogi uchun «Arsenal» va «Manchester Siti»
  • Kardiffdagi «Millenium»
  • (Principality) stadionida to'qnash keladi.
  • «Manchester Siti» o'z muxlislariga ajratilgan chiptalarni to'liq sota olmagani sababli tribunalar nisbati «Arsenal» foydasiga 75/25 foizni tashkil etadi: londonliklarni taxminan 55 000, manchesterliklarni esa 18 500 muxlis qo'llab-quvvatlaydi.

16 avgust kuni Angliyada yangi futbol mavsumi an’anaviy tarzda Angliya Superkubogi (Community Shield) bahsi bilan rasman start oladi. Mamlakatning amaldagi chempioni «Arsenal» hamda Angliya kubogi sohibi «Manchester Siti» jamoalari mavsumning ilk sovrini uchun maydonga tushishadi.

E’tiborlisi, bu safargi prinsipial to‘qnashuv Londondagi muhtasham «Uembli» stadionida emas, balki Uels poytaxti — Kardiff shahridagi afsonaviy arenada bo‘lib o‘tadi.

«Siti» chiptalarni sota olmadi: Kardiffda 75/25 foizlik ustunlik

Nufuzli Football Ground Guide nashrining xabar berishicha, «Manchester Siti» rahbariyati Superkubok o‘yini uchun o‘z muxlislariga ajratilgan chiptalar kvotasini to‘liq sota olmadi. Manchesterliklar tomonidan o‘zlashtirilmagan chiptalar qayta sotuvga chiqarilgach, ularni «Arsenal»ning ashaddiy ishqibozlari bir zumda xarid qilib bo‘lishdi.

Buning oqibatida Kardiffdagi qariyb 74 ming tomoshabinga mo‘ljallangan «Millenium» (Principality) stadionida tribunalar nisbati 75/25 foiz ko‘rinishida «Arsenal» foydasiga hal bo‘ldi:

  • «Arsenal» muxlislari: taxminan 55 000 nafar;

  • «Manchester Siti» muxlislari: taxminan 18 500 nafar.

Futbol ekspertlarining ta’kidlashicha, londonlik muxlislar o‘tgan mavsumdagi chempionlik tantanasini davom ettirgan holda Uelsda «Arsenal»ga mehmonda emas, xuddi o‘z uyidagidek bosimsiz va issiq muhit yaratib berishadi.

Revansh ishtiyoqi va The Weeknd konserti sababli relokatsiya

Londonlik tomoshabinlarni Kardiffga oqib kelishiga yana bir katta sabab — revansh olish istagidir. O‘tgan mavsumda Angliya ligasi kubogi finalida «Manchester Siti» «Arsenal»ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, kubokni olib ketgan edi. Endilikda «kanonirlar» fanatlari jamoaga o‘sha alamli mag‘lubiyat uchun munosib javob qaytarishda yordam berishni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, Angliya Superkubogi uchrashuvi 2006 yildan buyon ilk bor Kardiffdagi «Millenium» stadionida o‘tkazilmoqda. Bu gal o‘yinning «Uembli»dan ko‘chirilishiga sabab — aynan shu kunlarda Londondagi asosiy arenada mashhur xonanda The Weeknd'ning «After Hours til Dawn» turnesi doirasidagi muhtasham konsert dasturlari rejalashtirilganidir.

Fikringizni izohlar bo‘limida qoldiring va maqolani Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali tanishlaringizga ulashing.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?