
Britaniyalik jurnalist Teylor O`Xiggins jahon chempionatida -48 kg vazn toifasidagi holat bo‘yicha o‘z taxminini bildirdi.
O`Xigginsning so‘zlariga ko‘ra, Temirtas 48 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida musobaqaning chorak finaliga qadar yetib boradi va u yerda katta ehtimol bilan O‘zbekiston vakili Nodirjon Mirzahmedov bilan uchrashadi.
«-48 kilogramm: chorak finalda Mirzahmedov va Jusupov o‘rtasidagi jangni tomosha qilish kerak va g‘olib oltin medalni qo‘lga kiritishi mumkin. Men ushbu jangda o‘zbekistonlikka ustunlik beraman va u finalda qirg‘izistonlik Turkbay uluni mag‘lub etadi, deb o‘ylayman. Qozog‘iston hali yosh bo‘lgan Sobit o‘rniga Jusupovni tanlaganidan biroz xafa bo‘ldim, ular oxirgi marta to‘qnash kelganlarida Sobit g‘alaba qozongan», — deb yozdi Teylor Twitter'da.
Britaniyalik JurnalistJahon ChempioniO‘zbekiston VakiliTemirtas VaznChorak FinalNodirjon Mirzahmedov O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar