date

Erondagi namoyishlar: TIV rahbari rasmiy raqamlarni e’lon qildi

Erondagi namoyishlar: TIV rahbari rasmiy raqamlarni e’lon qildi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi mamlakatdagi ommaviy norozilik namoyishlari davomida halok bo‘lganlar soni 3117 nafarga yetganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, qurbonlarning 2427 nafari tinch aholi va xavfsizlik kuchlari vakillari, yana 690 nafari esa «terrorchilar» qatoriga kiritilgan.

Aragchining ta’kidlashicha, tartibsizliklar davomida keng ko‘lamli vayronalar yuzaga kelgan. Xususan, 305 ta tez yordam mashinasi va avtobus, 24 ta yoqilg‘i quyish shoxobchasi, 700 ta savdo do‘koni, 300 ta xususiy uy, 750 ta bank, 414 ta davlat muassasasi, 749 ta politsiya bo‘limi hamda 120 ta Basij markazi zarar ko‘rgan.

Shuningdek, 200 ta maktab, 350 ta masjid, 15 ta kutubxona, 2 ta arman cherkovi, 253 ta avtobus bekati, 600 ta bankomat va 800 ta shaxsiy avtomobil ham vayron qilingani qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, ommaviy norozilik namoyishlari dekabr oyi oxirida mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatdan norozilik sababli boshlangan. Eron rasmiylari ushbu tartibsizliklarni tashkil etishda Qo‘shma Shtatlar va Isroilni ayblamoqda. O‘z navbatida, AQSH prezidenti Donald Tramp agar namoyishlar keskin tarzda bostirilsa, respublikaga nisbatan zarba berish mumkinligini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Erondagi namoyishlar: TIV rahbari rasmiy raqamlarni e’lon qildi