date

Turkiya termasining sobiq a’zosi Samsunda YTHda vafot etdi

Turkiya termasining sobiq a’zosi Samsunda YTHda vafot etdi

Turkiyaning Samsun shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida badminton bo‘yicha Turkiya terma jamoasining sobiq a’zosi Umut Jan Turan hayotdan ko‘z yumdi. Hodisa yuzasidan Ozarbayjon fuqarosi qo‘lga olingan.

Demirören axborot agentligi xabariga ko‘ra, to‘xtab turgan yuk mashinasiga urilib ketgan mototsiklni Umut Jan Turan boshqarib kelayotgan bo‘lgan. Og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilganiga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Ma’lum qilinishicha, marhum avvallari badminton bo‘yicha Turkiya milliy terma jamoasida faoliyat yuritgan. So‘nggi paytlarda esa u kuryer sifatida ishlab kelgan.

Xabarda qayd etilishicha, voqea bilan bog‘liq holda mototsikl urilib ketgan yuk mashinasining haydovchisi — Ozarbayjon fuqarosi Nodir S. huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan. Hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya termasining sobiq a’zosi Samsunda YTHda vafot etdi