Gvardiola hozircha dunyodagi eng kuchli jamoani aytdi

Gvardiola hozircha dunyodagi eng kuchli jamoani aytdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bugungi kunda dunyo futbolida eng kuchli klub sifatida Londonning «Arsenal» jamoasini ko‘rsatdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis «kanonirlar»ning turli musobaqalardagi barqaror o‘yinini alohida ta’kidladi. Uning aytishicha, «Arsenal» hozircha eng yuqori darajada ko‘rinmoqda va «Siti» ularga imkon qadar yaqinlashishga harakat qiladi.

Angliya Premer-ligasining 22-turidan keyin «shaharliklar» turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Gvardiola shogirdlari peshqadam «Arsenal»dan yetti ochko ortda qolgan.

«Manchester Siti» navbatdagi uchrashuvini 24-yanvar kuni o‘z maydonida «Vulverhempton»ga qarshi o‘tkazadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar