Bundan to‘rt yil oldin O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Muqobil energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoni e’lon qilingach, yurtimizda elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha loyihalar tayyorlandi. Ana shunday loyihalardan biri Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasining qurilishidir.
Shu munosabat bilan, loyihaning amalga oshirilishi bo‘yicha tahririyatimizga savollar kela boshladi: "Quyosh fotoelektr stansiyasi quriladimi, yo‘qmi?". Janubiy-g‘arbiy magistral elektr tarmoqlari quyosh fotoelektr stansiyasi bosh muhandisi Jamshid Xayrullaev bilan shu haqda suhbatlashdik.
– Mazkur loyiha kattaligi jihatdan Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi, – deydi J.Xayrullaev. – Stansiyani barpo etish esa, avvalo, bir necha bosqichli tayyorgarlik ishlarini talab etadi. Bugungi kungacha ana shu tayyorgarlik ishlarining katta qismi nihoyasiga etkazildi. Viloyat hokimining qarori bilan Past Darg‘om tumanidan 254 gektar va Nurobod tumanidan 150 gektar er maydoni ajratilgach, tanlangan er tozalanib, arxitektura rejalashtirish, topologik suratga olish va geologik tekshiruv ishlari amalga oshirildi. Mazkur hududdan o‘tuvchi kanal ustidan ko‘prik qurildi. Past Darg‘om tuman Torariq qishloq fuqarolar yig‘ini hududida to‘rt kilometr yo‘lga qum va shag‘al yotqizilib, mustahkamlash ishlari tugatildi.
Xuddi shunday Samarqand – Qarshi avtomobil yulidan vaqtincha foydalanish uchun etti kilometr masofada ta’mirlash ishlari bajarildi. Shuningdek, ob’ekt hududini simto‘r to‘siqlar bilan o‘rash, 7,2 kilometrli havo liniyasi, transformator, "Suvli-Sogdiana VL 220 kV" kirish-chiqish havo liniyasi uchun ustunlar hamda fundamentlar o‘rnatish kabi ishlar bajarildi.
– Loyihaning asosiy qismi, quyosh batareyalari o‘rnatish ishlariga qachondan kirishiladi va nihoyasiga etkaziladi? Moliyalashtirish ishlari qay tarzda bajariladi?
– Umuman, tayyorgarlik jarayonida 2014 yilning o‘zida 1 milliard 600 million so‘mlikdan ziyod, 2015 yilda esa 3 milliard 142 million so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.
2016 yil dekabr oyida fotoelektr stansiyani o‘rnatish bo‘yicha xalqaro tender o‘tkazildi. Unda Xitoyning «Zhuhai Singyes Green Building Technology» kompaniyasi g‘olib chiqib, ikki yil ichida quyosh elektr stansiyasi qurib bitkazish majburiyatini oldi.
– Loyiha ishga tushgach…
– Janubiy-g‘arbiy hududni mustahkam, uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash, Samarqand viloyati xalq xo‘jaligi ob’ektlari va aholisi elektr energiya taminotining mustahkamligini oshirish, tabiatga zaharli gazlar chiqarilishini qisqartirish imkoni yaratiladi.
– Mutaxassislarning ta’kidlashicha, quyosh panellarida chang g‘uborlarning to‘planishi ularning faol ishlashiga yo‘l qo‘ymas ekan. Dengiz qirg‘oqlaridan uzoq va havo namligi nisbatan kam bo‘lgan mamlakatlar kabi bizda ham havo tarkibida chang zarrachalari nisbatan ko‘p. Bu yangi stansiya faoliyatiga ta’sir o‘tkazmaydimi?
– Yo‘q, bir necha yillardan buyon qator xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda elektr manbai sifatida quyosh batareyalaridan foydalanib kelinmoqda. Mabodo, chang zarralari to‘planib qolsa, ularni yuvib tashlash mumkin. Darvoqe, quyosh fotoelektr stansiyasi hududida artezian quduqlar va boshqa cuv manbalari qurilib, uskunalar bilan jihozlandi. Bu esa yuzaga kelgan muammoni osonlik bilan bartaraf etish imkonini beradi. Qolaversa, bugungacha ushbu stansiyaning barcha tomonlarida mevali va manzarali daraxtzorlar barpo etildi.
Manba: 1news.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi