20:43 / 09.04.2018
5 219

Prezident topshirig‘idagi «Mening fikrim» portali 20 aprelda ishga tushiriladi

Prezident topshirig‘idagi «Mening fikrim» portali 20 aprelda ishga tushiriladi
Foto: «Xabar.uz»
«UZINFOCOM» Yagona integratori dasturchilari tomonidan tayyorlangan «Mening fikrim» maxsus portali 2018 yilning 20 aprelida ishga tushirilishi kutilmoqda, deb yozadi Xabar nashri «UZINFOCOM» korporativ blogiga tayanib.

«Mening fikrim» portali davlat rahbari g‘oyasi bo‘yicha qonun loyihalarini muhokama qilish jarayonida xalq deputatlari va fuqarolar, aholi tomonidan bildirilgan taklif va ko‘rsatmalardan keng foydalanishni ta’minlashga qaratilgan. Bir guruh fuqorolardan «Mening fikrim» portali orqali kelib tushgan barcha taklif va mulohazalar Oliy majlis yoki xalq deputatlari kengashlari tomonidan tegishli tartibda ko‘rib chiqiladi. Bu — qonunning yagona manbasi va muallifi xalq bo‘lishi lozim, degan ustuvor maqsadning amalga oshishiga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolariga Murojaatnomasida demokratiyaning ilg‘or mexanizmi sifatida jamoa bo‘lib elektron murojaat kiritish tartibini joriy etishni ta’minlovchi «Mening fikrim» portalini tashkil etish taklifini ilgari surgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Prezident topshirig‘idagi «Mening fikrim» portali 20 aprelda ishga tushiriladi