09:27 / 28.11.2022
1 105

Piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 31 foizga kamaytiradi

Piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 31 foizga kamaytiradi
Piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 31 foizga kamaytiradi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, kuniga olti kilometr yoki o‘n ming qadam piyoda yurish osteoporoz, qandli diabet, gipertoniya kabi xavfli kasalliklarning oldini olishga katta yordam beradi.

Oliy toifali shifokor Sevara Husanovaning so‘zlariga ko‘ra, sport bilan faol shug‘ullana olmaydigan insonlar uchun piyoda yurish eng foydali mashg‘ulotdir.

Piyoda yurishda nafas olish va pulsni nazorat qilish kerak
Kimdir uchun 1000 qadam yurish katta jasorat bo‘lsa, yana kimdir 15 yoki 20 ming metr masofani charchoqsiz bosib o‘tadi. Shu bois odam qancha piyoda yurgisi kelsa, shuncha yurishi va masofani har kuni o‘rtacha 100 qadamdan oshirib borishi zarur”, - deydi shifokor.

Biroq yosh toifalari uchun bu ko‘rsatkich turlicha. Misol uchun, 5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar 11 mingdan 15 ming qadamgacha, o‘smirlar 12 mingdan 20 ming qadamgacha, kattalar 5 mingdan 10 ming qadamgacha, keksalar esa 3 mingdan 5 ming qadamgacha bo‘lgan masofani oson va qiyinchiliksiz bosib o‘tishlari mumkin.

Yurish vaqtida puls soni daqiqasiga 100 tadan kam bo‘lsa, tezlikni oshirish kerak, agar 120 dan ortiqni ko‘rsatsa, sekinlashish darkor. Yuqorida aytilganidek, mashg‘ulot vaqtida puls soni 100 dan kam bo‘lsa, bunday yurishdan hech qanday foyda yo‘q. Buning sababi puls soni 100 dan kam bo‘lganida moddalar almashinuvi jarayoni xuddi tinch holatdagidek kechadi”, deya qo‘shimcha qildi Sevara Husanova.

Piyoda yurishda tavsiya etiladigan vaqt
Piyoda yurish bilan istalgan ob-havo sharoitida va kunning xohlagan vaqtida shug‘ullanish mumkin. Uni ovqatdan 1,5-2 soat avval yoki keyin bir xil vaqtda boshlash kerak. Ortiqcha vaznli insonlar esa och qoringa piyoda yurishi tavsiya etiladi.

Muntazam piyoda yurishning foydasi
Muntazam ravishda piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 31 foizga kamaytiradi. Qolaversa, mutxassislar kuzatuvlariga ko‘ra, u bilan doimiy shug‘ullangan odamlarda o‘lim holati ehtimoli o‘zlarini ortiqcha urintirmagan kishilarga nisbatan 32 foizga kam bo‘lishi aniqlangan.

Shuningdek, to‘g‘ri piyoda yurish umurtqa pog‘onalari to‘qimalarini kislorod bilan to‘yintirishga, intervertebral disklarni mustahkamlashga katta yordam beradi. Shu bilan birga, zaiflashgan asab tolalari ishini rag‘batlantiradi, yurak xuruji va insult kabi og‘ir kasalliklar xavfi ikki baravar kamayadi.

Bundan tashqari:
- aqliy zaiflik;
- depressiya;
- yo‘g‘on ichak saratoni;
- semizlik;
- qandli diabet;
- bo‘g‘im kasalliklari;
- ovqat hazm qilish muammolari;
- yurak tezligini yaxshilash, qon tomirlar mustahkamligi uchun ham piyoda yurish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Piyoda yurish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 31 foizga kamaytiradi