Doimiy tashvishlanish va tushkun kayfiyatda yurish siz uchun odatiy holatmi? Ehtimol, siz kuchli stressni boshingizdan kechirmoqdasiz. Ruhiy salomatlik jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, 2022 yilda odamlarning 74 foizi o‘zlarini haddan tashqari bosim ostida his qilgan. Bu esa ko‘plab xavfli kasalliklar rivojlanishiga turtki bo‘ladi.
Foto: iStock
Stress insult va yurak xuruji xavfini oshiradi
Biz stressga har qanday joyda duch kelishimiz mumkin: uyda, ishda, ko‘chada, transportda... Qisqa muddatli stress tez o‘tib ketadi va undan keyin organizm qayta tiklanib, odatiy ish tartibiga qaytadi. Surunkali stress bo‘lsa kunlab, oylab hatto yillab davom etishi va bu vaqtda kortizol gormoni yuqori darajaga chiqishi, kishini sababsiz qo‘rquv va vahima bosishi mumkin. Doimiy va uzoq vaqt davom etgan stress organizmda yurak va qon tomirlari kasalliklari rivojlanishiga olib keladi.
Uzoq muddatli stress jiddiy sog‘liq muammolariga, shu jumladan yurak xuruji va insultga olib kelishi mumkin. Kuchli bo‘lgan salbiy his-tuyg‘ular sababli ishlab chiqilgan kortizol gormoni qon tomirlarining torayishi va moslashuvchanligini yo‘qotishiga, qon bosimining oshishiga olib keladi. Yurak urishi tezlashadi va tomirlar atrofida mushak qatlami qalinlashadi.
Qanday insonlar xavf ostida?
Foto: Women Health
Quyidagi toifadagi shaxslarda kardiologik kasalliklarga duchor bo‘lish ehtimoli yuqoridir:
- keksa odamlarda;
- miokard infarkti, yurak tomirlari kasalligi, tranzitorlik ishemik xuruj (yoki insult), qandli diabet, giperxolesterinemiya;
- ortiqcha vazn va zararli odatlarga ega bemorlar;
- genetik moyillik (agar yaqin qarindoshlarda yurak xuruji yoki qon tomirlari bilan bog‘liq kasalliklar aniqlangan bo‘lsa).
Yurakni stressdan qanday himoya qilish kerak?
Stressga qarshi kurashish uchun:
- sog‘lom turmush tarzini olib borish;
- to‘g‘ri ovqatlanishga rioya etish va zararli odatlardan voz kechish;
- yetarlicha uxlash va muntazam ravishda mashq qilish;
- ish va dam olish rejimiga rioya qilish;
- nafas olish mashqlari, meditatsiya va yoga kabi tinchlantiruvchi mashqlarni bajarish;
- muntazam tibbiy ko‘rikdan o‘tish lozim. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi