17:06 / 09.09.2024
138

Ko‘zlar ko‘rmay qolishiga sabab bo‘ladigan omillar

Ko‘zlar ko‘rmay qolishiga sabab bo‘ladigan omillar
Ko‘rish bilan bog‘liq har qanday muammolar bizni qo‘rqitadi va qandaydir buzilishlar vahimaga soladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyoda ko‘zi ko‘rmaydiganlar va ko‘rish qobiliyatidan jiddiy aziyat chekadigan 2 milliardga yaqin odam bor. Shu bilan birga, bu sonning qariyb yarmi ko‘rlikdan qutilib qolishi mumkin edi. Bunga o‘z vaqtida tashxislash, to‘g‘ri davolash, erta oldini olish va turmush tarzini o‘zgartirish orqali erishsa bo‘ladi.

Ko‘rish bilan bog‘liq muammolarning yarmidan ko‘pi 50 yoshdan keyin rivojlanadi, ammo jiddiy buzilish erta yoshda paydo bo‘lishi mumkin. Illinoys universiteti olimlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, ayollar erkaklarga qaraganda ikki baravar ko‘proq ko‘rish bilan bog‘liq kasalliklarni va ko‘rlikni boshdan kechirishadi. Ehtimol, bu gormonlar ta’siri sababli shundaydir.

Quyosh nuridan saqlovchi ko‘zoynaklardan foydalanmaslik, kontakt linzalarida uxlab qolish (ayniqsa, ular eskirgan bo‘lsa) va yotishdan oldin yuzni kosmetik mahsulotlardan tozalamaslik ko‘zlarga zararli ekanligi aniq. Ammo biz ko‘rish qobiliyatini pasaytiradigan va ko‘rlikka olib keladigan yana 5 ta odatni to‘pladik, deb yozadi The Voice Mag nashri.

Chekish

Foto: The Voice
Chekishning zarar ekani, shubhasiz, yangilik emas. Chekuvchilar ko‘pincha o‘pka kasalliklari, yurak va qon tomirlar faoliyatidagi muammolar, shuningdek, o‘pka saratoni va halqumdagi o‘smalar kabi onkologik kasalliklarga duch kelishadi.

Biroq chekuvchilarning aksariyati chekish ko‘rlikka olib kelishi mumkinligini bilmaydi. Birinchidan, chekish kataraktani ikki-uch baravar tezroq rivojlantiradi. Ikkinchidan, ma’lumki, chekuvchilar chekmaydiganlarga qaraganda makula degeneratsiyasidan ikki baravar ko‘proq aziyat chekadi. Ushbu kasallikda ko‘z to‘r pardasi zararlanadi, ko‘rish asta-sekin yomonlashadi va keyin butunlay nolga tushadi. Makula retinal degeneratsiyasi dunyodagi ko‘rlikning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir.

Uyqusizlik va ortiqcha uyqu

Yetarlicha uxlamaslik har jihatdan yomon. Immunitetni pasaytiradi, miyaning ishiga ta’sir qiladi, xotirani va turli muammolarni hal qilish qobiliyatini buzadi. Bundan tashqari, uyqu yetishmasligi ko‘rish qobiliyatiga putur yetkazadi. Me’yordan ortiq uxlaydiganlarga ham ushbu muammo xavf soladi. 9 soatdan ortiq uxlash yurak-qon tomir tizimi uchun zararli va 2-tur diabet rivojlanish xavfini oshirishi mumkin.

2019 yilda o‘z tadqiqot natijalarini e’lon qilgan amerikalik shifokorlar juda qisqa (3 soatdan kam) va juda uzoq (10 soatdan ortiq) uyqu glaukoma rivojlanishi xavfini oshirishini aniqladilar. Glaukomada optik nerv ta’sirlanadi, kasallikning rivojlanishi to‘liq ko‘rlikka olib keladi.

Umuman olganda, taxminan 7 soat uxlaydiganlar glaukoma va ko‘rlikning rivojlanish ehtimoli nihoyatda past yoki juda ko‘p uxlaganlarga qaraganda 3 baravar kam bo‘ladi.

Fastfud

Foto: The Voice
Gamburger, fri va boshqa zararli mahsulotlarni haddan ortiq iste’mol qilish ko‘rlikka sabab bo‘ladi. Buning tasdig‘i sifatida 2017 yilda britaniyalik o‘smir bilan sodir bo‘lgan voqeani keltirish mumkin.

Yigit charchoq va ko‘rishning xiralashishi shikoyatlari bilan shifokorlarga boradi. Tekshiruv shuni ko‘rsatadiki, yigit haqiqatan ham yaxshi ko‘rmaydi va bir qator testlar uning kamqonligi, vitaminlar tanqisligini tasdiqladi. Organizmda B12 vitamini, mis, selen, rux va D vitamini yetarli bo‘lmagan. Yigitga vitamin komplekslari buyurilib, ovqatlanish bo‘yicha maslahatlar berilgan. Ma’lum bo‘lishicha, u juda ko‘p fastfud mahsulotlari, oq non, kraker va kolbasa iste’mol qilgan. Ovqatlanish tartibi yaxshilanib, vitaminlar darajasi normal holatga qaytganidan keyin ham ko‘rish qobiliyati ijobiy tomonga o‘zgarmadi.

Yog‘larning ko‘pligi va vitamin, mikroelementlarning yetishmasligi bilan ovqatlanish optik nervning shikastlanishiga olib keldi.

Smartfon

Foto: The Voice
Hayotimizning aksar qismi kompyuter yoki smartfon ekrani oldida o‘tadi. Soatlab ekranlarga tikilib o‘tiramiz. Bu vaqt davomida ko‘zlarga ekran va monitorlar tomonidan chiqariladigan zangori nur ta’sir qiladi. Zangori yorug‘lik ko‘zning to‘r pardasida joylashgan fotoretseptorlarga zarar yetkazadi, bu esa yuqorida aytib o‘tilgan makula degeneratsiyasiga olib keladi. Uning rivojlanishi ko‘rlik bilan tugaydi.

Ko‘zlarni zangori nurdan himoya qilishning bir nechta variantlari mavjud — bular nur o‘tkazmaydigan va uning to‘r pardaga yetib borishiga to‘sqinlik qiluvchi maxsus ko‘zoynaklar yoki maxsus himoya ekranlardan foydalanish yaxshi samara beradi.

Muddati o‘tgan kosmetika

Foto: The Voice
Tushni tashlab yuborish juda achinarli, chunki siz uni bir yildan beri ishlatasiz va u hali ham yangidekmi? Bemalol tashlab yuboravering, chunki uni ishlatish boshlanganidan 3-4 oy o‘tgach allaqachon bajarishingiz kerak edi.

Tushlar bakteriyalar uchun ajoyib joy. Ular fotofobiya, qichishish, konyunktivit, yallig‘lanish va ko‘rlikka olib kelishi mumkin. Kontakt linzalarini ishlatadiganlar bakterial infeksiyalarga ko‘proq moyilligi bilan maxsus xavf guruhiga kiradilar.

Nafaqat muddati o‘tgan tush, balki ko‘z qalami va hatto yaroqlilik muddati normal bo‘lgan tush ham xavflidir. Bakteriyalar unda ham to‘planadi. Infeksiya xavfini bir oz kamaytirishga qalamni ishlatishdan oldin qalam chiqargich bilan o‘tkirlash va uni dezinfeksiyalash yordam beradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ko‘zlar ko‘rmay qolishiga sabab bo‘ladigan omillar