17:47 / 16.04.2022
4 995

Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligining 9 ta belgisi

Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligining 9 ta belgisi
Stress, dori-darmonlar, metabolik kasalliklar — gormonal darajadagi o‘zgarishlarning sabablari ko‘p bo‘lishi mumkin. Ammo ko‘pincha gormonal muvozanat izdan chiqib ketganiga e’tibor berilmaydi va charchoq, vazn o‘zgarishi va boshqa alomatlarni yosh o‘tishiga yoki ortiqcha ishlash bilan bog‘lashadi. «Domashniy ochag» nashrida keltirilgan ro‘yxatdagi alomatlardan kamida bir nechtasi kuzatilsa, albatta, ginekolog-endokrinolog bilan uchrashish tavsiya etiladi.

Ishtahaning ortishi

Agar doimo ochlik hissi tark etmasa va odatdagi ovqatlanish kifoya qilmasa, qalqonsimon gormonlar muvozanatini tekshirib ko‘rish lozim. Gipertireozda qalqonsimon bez gormonlari ko‘p miqdorda ishlab chiqarilganda, organizm kaloriyalarni ko‘proq sarflaydi va ishtahani oshiradi. Bundan tashqari, doimiy ochlik stress gormoni kortizol darajasining oshishi tufayli paydo bo‘lishi mumkin: organizm xavfli vaziyatda ko‘proq energiya saqlashga intiladi.

Soch to‘kilishi

Ayollarda testosteron darajasining oshishi erkak tipidagi soch to‘kilishiga olib keladi. Ko‘pincha, ushbu gormonning ortishi polikistik tuxumdon sindromidan darak beradi, bu nafaqat farzand ko‘rish ehtimolini pasaytiradi, balki diabet yoki saraton kabi kasalliklar xavfini ham oshirishi mumkin.

Vazn o‘zgarishi

Hech qanday sababsiz paydo bo‘ladigan vaznning o‘zgarishi gormonal nomutanosiblik haqida darak beradi. Vazn ortishi kortizol yoki testosteronning ortiqcha ekanligini ko‘rsatishi yoki qalqonsimon bez faoliyatining sustlashishidan ogohlantirishi mumkin. To‘satdan vazn kamayishi qalqonsimon bez, aksincha, zarur bo‘lgandan ko‘ra faolroq ishlayotganligini va u tomonidan ishlab chiqarilgan juda ko‘p gormonlar qon oqimiga kirishini ko‘rsatishi mumkin.

Kayfiyat o‘zgarishi

Homilador yoki menopauzani boshdan kechirayotgan ayollarda bu alomatni ko‘rish odatiy, ammo gormonlar muvozanati buzilgan bo‘lsa, jiddiy ruhiy o‘zgarishlar har qanday yoshdagi ayollarni qiynashi mumkin.

Doimiy charchoq

Organizmning har qanday tizimidagi, shu jumladan gormonal tizimdagi nomutanosiblik, albatta, energiya darajasining pasayishiga olib keladi. Agar tezda charchab qolsangiz, hech qanday holatda dam ololmasangiz, o‘zgarishlarni yosh o‘tishi yoki stress bilan bog‘lab bo‘lmaydi. Albatta, shifokor bilan maslahatlashish lozim. Doimiy charchoq va holsizlik juda xavfli alomatdir, uni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi.

Uyquning buzilishi

Kechasi yetarli darajada uxlab bo‘lmasa, kortizol darajasi ko‘tariladi va yuqori kortizol uxlashga xalaqit beradi. Bundan tashqari, uyqusizlik qalqonsimon gormonning ko‘tarilishidan kelib chiqishi mumkin va agar bu gormon past bo‘lsa, dangasalik va uyquchanlik kuzatiladi. Qanday bo‘lmasin, uyqu buzilishi, ayniqsa to‘satdan va hech qanday tashqi sabablarga ko‘ra yuzaga kelmaydi. Bu esa shifokorga uchrashish uchun sababdir.

Xotira va diqqatning buzilishi

Qalqonsimon bez yaxshi ishlamasa va gormonlar kam ishlab chiqarilsa, kognitiv funksiyalar yomonlashishi mumkin: xotira, konsentratsiya va ma’lumotni idrok etish qobiliyati yomonlashadi. Agar kundalik vazifalarni bajarish qiyinlashsa va e’tiborsizlik kuchaygan bo‘lsa, endokrinolog bilan maslahatlashish zarur.

Suyak sinishi

Suyaklar uchun zarur D vitamini organizmga kirgandan so‘ng kalsitriol gormoniga aylanadi. Agar kalsiy va D vitamini yetarli miqdorda qabul qilinsa-yu, lekin suyaklar zaif bo‘lsa, ushbu gormon yoki kalsiy darajasini nazorat qilishga yordam beradigan qalqonsimon bez gormoni muvozanati buzilgan bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligining 9 ta belgisi