date

Suzish mashg‘uloti kasalliklarning oldini olishga yordam beradi

Suzish mashg‘uloti kasalliklarning oldini olishga yordam beradi
Inson organizmi murakkab tuzilmadan iborat bo‘lib, uning sog‘lomligini saqlashda jismoniy faoliyat muhim ahamiyatga ega. Faol harakat turli kasalliklarning oldini olish, mushaklarni mustahkamlash, harakat va moslashuvchanlikni oshirishga yordam beradi. Shu jihatdan suzish eng samarali sport turlaridan biri sanaladi.

Suzish — turli usullar orqali suvda harakatlanish va suv yuzasida ushlab turishga asoslangan sport hisoblanadi. Boshqa sport turlaridan farqli ravishda, unda butun tana bir vaqtning o‘zida faoliyat yuritadi. Qo‘l va oyoq harakatlari, to‘g‘ri nafas olish mashqlari organizmning energiya sarfini oshirib, sog‘liqqa ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois sog‘liq mutaxassislari suzishni ko‘plab kasalliklarni oldini olishda yoki davolash jarayonida tavsiya qilishadi.

Suzish uchun katta xarajat talab qilinmaydi. Suv havzalari yoki maxsus basseynlarda oddiy suzish kiyimi va zarur holda yordamchi vositalar yetarli bo‘ladi. Bu sport turi chaqaloqlardan tortib qariyalargacha har qanday yoshda mashg‘ul bo‘lish uchun tavsiya etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Suzish mashg‘uloti kasalliklarning oldini olishga yordam beradi