Ko‘z qichishi: uy sharoitidagi choralar va shifokor maslahati

Salomatlik1 daqiqa o'qish357
Ko‘z qichishi: uy sharoitidagi choralar va shifokor maslahati

Ko‘z qichishi: uy sharoitidagi choralar va shifokor maslahati
Ko‘z qichishishi turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladi va uning davosi ham manbaga bog‘liq bo‘ladi. Ayrim holatlarda uy sharoitida muammoni yengish mumkin, ba’zilarida esa mutaxassisga murojaat qilish talab etiladi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, allergiya sababli qichishishda allergenlardan uzoq turish va antigistamin dori vositalarini qabul qilish foyda beradi. Shuningdek, ko‘z gigiyenasiga amal qilish, qo‘lni yuvmasdan ko‘zga tegmaslik va sun’iy ko‘z yoshi tomchilaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Ko‘zni charchashdan asrash uchun kompyuter ekraniga uzoq tikilmaslik, har 20 daqiqada ko‘zni dam oldirish muhim. To‘g‘ri ovqatlanish, xususan A vitamini va omega-3 moddalariga boy mahsulotlar iste’mol qilish ham ko‘z salomatligini yaxshilaydi.

Shuningdek, xonada havoni nam saqlash, shamol va changdan himoyalanish qichishishning oldini oladi. Agar muammo uzoq davom etsa yoki ko‘rish qobiliyati pasaysa, albatta oftalmolog maslahati zarur.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?