date

Ko‘zning qichishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillar

Ko‘zning qichishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillar
Ko‘zning qichishishi turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Mutaxassislar bu holatning eng ko‘p tarqalgan sabablari haqida ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘z qichishishiga eng avvalo allergiyalar olib keladi. Chang, gul changi, hayvon tuklari, kosmetika yoki maishiy kimyoviy vositalar ko‘zda allergik reaksiya chaqirishi mumkin. Bu paytda ko‘z qizaradi, shishadi va yoshlanadi.

Shuningdek, qurg‘oqlik ham ko‘z salomatligiga ta’sir qiladi. Kompyuter va telefondan uzoq vaqt foydalanish, konditsionerli xonada bo‘lish yoki organizmda suv yetishmasligi qurg‘oqlikka olib keladi. Natijada ko‘zda noqulaylik va qichishish paydo bo‘ladi.

Ko‘zning ortiqcha charchashi ham qichishishga sabab bo‘ladi. Bu holat "raqamli ko‘z sindromi" deb ataladi. Atrof-muhit omillari — chang, tutun, shamol, sovuq yoki issiq ob-havo ham ko‘zning tinmay qichishiga olib kelishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ko‘zning qichishiga sabab bo‘luvchi asosiy omillar