Taniqli futbolchi Mesut O‘zil Xitoy hukumatining Sharqiy Turkiston (Shinjon)dagi siyosatini tanqid ostida olib, u yerdagi musulmonlar zulm ko‘rayotganini va bunga jim turmaslik kerakligini aytdi.
“Qur’onlar yoqilyapti, masjidlar yopilyapti, madrasalar taqiqlanyapti, ulamolar birma-bir o‘ldirilyapti. Aka-ukalar majburan lagerlarga jo‘natilyapti, ularning o‘rniga xitoy erkaklari oilalarga joylashtirilyapti. Ayollar xitoy erkaklariga majburlab turmushga berilyapti”, – deya yozdi futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Uning ta’kidlashicha, “shunga qaramay, ummati Muhammad jim, ovozi chiqmayapti. Musulmonlarni hech kim himoya qilmayapti. Bilmaydilarki, zulmga rozilik ham zulmdir”.
“Hazrat Ali qanday yaxshi aytgan edilar: “Zulmga to‘sqinlik qila olmasangiz, u haqda hammaga xabar bering!” Hatto G‘arb ommaviy axborot vositalarida va davlatlarida bu hodisalar necha oylardan beri, necha haftalardan beri kun tartibida, musulmon davlatlar va ommaviy axborot vositalari qayerda?” – deya savol berdi Mesul O‘zil. U so‘zlarini shunday yakunladi:
“Bilmaydilarmi, yillar o‘tib u yerdagi qardoshlarimizning bu achchiq kunlar haqida yodga oladigani zolimlarning iskanjalarini emas, biz musulmon qardoshlarining sassizligi bo‘ladi. Yo Rabbim, Sharqiy Turkistondagi qardoshlarimizga yordam ber... Shubhasiz, Alloh tuzoq quruvchilarning eng xayrlisidir...”. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi