date

BAA oʻz fuqarolarini uch davlatga bormaslikka chaqirdi

BAA oʻz fuqarolarini uch davlatga bormaslikka chaqirdi

Birlashgan Arab Amirliklari oʻz fuqarolari uchun ayrim davlatlarga safarni chekladi. Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotiga koʻra, Eron, Livan va Iroqqa tashrif buyurish taqiqlangan.

Bu qaror mintaqadagi geosiyosiy vaziyat keskinlashgani bilan izohlanmoqda. Vazirlik bayonotida ayni paytda ushbu davlatlarda boʻlib turgan fuqarolarga zudlik bilan vatanga qaytish tavsiya qilingan.

Shuningdek, aholiga rasmiy koʻrsatmalarga qatʼiy amal qilish va yangiliklarni kuzatib borish lozimligi taʼkidlangan. Maʼlum qilinishicha, BAA avval ham ayrim cheklovlarni joriy etgan.

Xususan, Eron fuqarolarining mamlakat aeroportlari orqali kirishi va tranziti cheklangan edi.

Qayd etilishicha, mazkur qarorlar AQSH, Isroil va Eron oʻrtasidagi keskinlik fonida qabul qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » BAA oʻz fuqarolarini uch davlatga bormaslikka chaqirdi