AQSH Isroilga 24 soatda 6500 tonna harbiy yuk yetkazgani maʼlum boʻldi

AQSh Isroilga 24 soat ichida 6500 tonna harbiy yuk yetkazib bergani ma'lum bo'ldi. Bu yuklar aviatsiya va qurqoq qo'shinlari uchun mo'ljallangan o'q-dorilar, harbiy yuk mashinalari va taktik transport vositalarini o'z ichiga oladi. Isroil mudofaa vaziri Isroel Katz bu yordam armiyaning jangovar tayyorgarligini oshirishini ta'kidlagan. Yaqin haftalarda harbiy ta'minot hajmining yana kengayishi kutilmoqda.
AQSH Isroilga qisqa vaqt ichida yirik hajmda harbiy yuk yetkazib berdi, deb Jerusalem Post xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, AQSH Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshirilgan logistika operatsiyasi doirasida bir sutka ichida 6500 tonna yuk yuborilgan.
Ushbu yuklar ikki yirik kema orqali Ashdod va Hayfa portlariga yetkazilgan.
Yuk tarkibida aviatsiya va quruqlik qoʻshinlari uchun moʻljallangan oʻq-dorilar, harbiy yuk mashinalari hamda taktik transport vositalari mavjud boʻlgan.
Qayd etilishicha, Eron bilan urush boshlanganidan buyon Isroilga jami 115 600 tonna harbiy texnika yetkazilgan.
Isroil mudofaa vaziri Israel Kas bu yordam armiyaning jangovor tayyorgarligi va frontlardagi ustunligini kuchaytiradi, deya taʼkidlagan.
Rasmiylar maʼlumotiga koʻra, yaqin haftalarda harbiy taʼminot hajmi yanada kengaytirilishi kutilmoqda.






























Izohlar 0
…