14:00 / 12.12.2019
3 560

DXX noqonuniy diniy taʼlim berish holatiga chek qoʻydi (video)

DXX noqonuniy diniy taʼlim berish holatiga chek qoʻydi (video)
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazgan tezkor tadbiri davomida poytaxtimizining Uchtepa tumanidagi masjidlarning birida mutavalli boʻlib ishlovchi, 1989-yil Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida tugʻilgan, oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxs oʻzining vaqtincha yashash manzilida joriy yilning sentyabr oyidan buyon 4 nafar voyaga yetmagan bolaga noqonuniy tarzda diniy saboq berib kelayotganligi aniqlandi.

Maʼlum boʻlishicha, Samarqand viloyatida va Toshkent shahrida tugʻilgan bolalarning uch nafari 6 yoshli boʻlib, hali ular umumtaʼlim maktabiga oʻqishga bormagan, toʻrtinchisi esa Samarqand viloyati Payariq tumanidagi maktablarning birida 5-sinf oʻquvchisi hisoblanadi.

Shu oʻrinda savol tugʻiladi. Nima uchun Payariq tumanidagi maktab rahbariyati oʻz oʻquvchisining uzoq muddat darslarga kelmasligiga eʼtibor bermagan.

Bolalar mazkur shaxs ijarada turgan uyning xonalaridan birida yashashgan va diniy saboq olishgan. Buning uchun ularning ota-onalari har oy 900-950 ming soʻm miqdorida pul toʻlashgan.

Taʼkidlash lozimki, diniy taʼlimga ega ekanligi haqida hech qanday hujjati boʻlmagan shaxs oʻqitish jarayonida bolalarga nisbatan jismoniy jazolar qoʻllagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX noqonuniy diniy taʼlim berish holatiga chek qoʻydi (video)