Telegram orqali qo‘shnisiga uyatli gaplar yozgan yosh yigit 5 sutkaga qamaldi

1 daqiqa o'qish221
Telegram orqali qo‘shnisiga uyatli gaplar yozgan yosh yigit 5 sutkaga qamaldi

Telegram orqali qo‘shnisiga uyatli gaplar yozgan yosh yigit 5 sutkaga qamaldi

Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida qo‘shni ayolga Telegram orqali nomaqbul va uyatli xabarlar yuborgan yosh yigit ma’muriy qamoqqa olindi. Sud hujjatlariga ko‘ra, mazkur holat jamoatchilikda jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2025 yil 26 dekabr kuni soat 16:20 larda 2006 yilda tug‘ilgan X.D. ismli yigit “Rovon” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi qo‘shni ayol A.X. ga Telegram messenjeri orqali axloq normalariga zid bo‘lgan, jinsiy mazmundagi so‘zlar yozgan. U xabarlarida ayolni haqoratli va shahvoniy tarzda bezovta qilgan.
Bundan norozi bo‘lgan A.X. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, holat yuzasidan rasmiy shikoyat arizasi topshirgan hamda qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Mazkur ariza asosida ish sudga oshirilgan.
Joriy yilning 5 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha So‘x tumani sudida mazkur ish ko‘rib chiqildi. Sud jarayonida X.D. o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan. Sud uni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi 1-qismi — shahvoniy shilqimlik qilish huquqbuzarligida aybli deb topdi.
Natijada sud qarori bilan yigitga 5 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Rasmiylar internet orqali axloqqa zid xatti-harakatlar ham javobgarlikka sabab bo‘lishini yana bir bor eslatib, fuqarolarni qonun va odob me’yorlariga rioya qilishga chaqirmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?