Buxoroda brakonerlar tabiatga 48 mln so‘mlik zarar yetkazdi

Buxoro viloyatida huquq-tartibot idoralari yovvoyi qushlarni noqonuniy ovlash holatini to‘xtatdi. Ekologiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, brakonerlar 94 ta o‘rdak va 23 ta lishuxa qushini otib ulgurdi. Tabiatga yetkazilgan zarar 48 mln so‘mga baholandi.
Reyd tadbirlari Peshku tumanida o‘tkazilib, eko-patrul “Qoraqir” tabiiy suv havzasida ruxsatsiz ov qilgan 10 nafar O‘zbekiston fuqarosidan iborat guruhni aniqladi.
Shuningdek, “Gazli” hududida yana bir ekologik qonunbuzarlik qayd etildi: ikki nafar erkak saksaulni noqonuniy kesish, yig‘ish va tashish bilan shug‘ullangani ma’lum bo‘ldi. Ulardan 10 kub metr yog‘och ashyosi ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Qo‘mitada ta’kidlanishicha, viloyatda hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilishga qaratilgan reydlar davom ettirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!