11:02 / 23.12.2019
2 598

Uy-joy kodeksiga o‘zgartish kiritiladi. U hokimlarning yana bir vakolatini qisqartiradi

Uy-joy kodeksiga o‘zgartish kiritiladi. U hokimlarning yana bir vakolatini qisqartiradi
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritiladi. Tegishli qonun loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan 713-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi 15-moddasidagi (Turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish) “tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan” degan so‘zlar “tumanlar (shaharlar) qurilish bo‘limlarining ruxsatnomasiga binoan” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

15-moddaning amaldagi tahririga ko‘ra, yashash uchun yaroqli bo‘lgan turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi. Alohida hollarda, turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish mulkdorning yoki u vakolat bergan organning (shaxsning) arizasiga ko‘ra tumanlar va shaharlar hokimlarining qaroriga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uy-joy kodeksiga o‘zgartish kiritiladi. U hokimlarning yana bir vakolatini qisqartiradi