7 082
Sizda gaz, elektr va boshqa muammolar bormi? Poytaxtda dispetcherlik xizmati ishga tushdi
Toshkent shahar hokimiyati qish kunlari aholi duch kelishi mumkin bo‘lgan turli muammolarni hal qilish uchun har bir tumanda uzuluksiz ishlaydigan dispetcher xizmatini tashkil qildi, deb xabar beradi hokimiyat matbuot xizmati.
“Poytaxtimiz aholisiga yaxshi tanish bo‘lgan 1055 dispetcherlik xizmati qish-qirovli kunlarda issiqlik, tabiiy gaz, elektr ta’minoti, ko‘p qavatli uylarning erto‘lalari, kirish yo‘laklari, chordoqlar, tom ustidagi barcha muammolar va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlarni uzluksiz tun-u kun davomida qabul qilishi va bu muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etishini ma’lum qiladi”, — deyilgan hokimiyat xabarida.
Undan tashqari, to‘rt raqamli dispetcherlik xizmatlari har bir tumanda ham tashkil etilgan: Bektemir tumani — 1068, Mirobod tumani — 1079, Mirzo Ulug‘bek tumani — 1075, Olmazor tumani — 1070, Sergeli tumani — 1071, Uchtepa tumani — 1073, Chilonzor tumani — 1056, Shayxontohur tumani — 1077, Yunusobod tumani — 1078, Yakkasaroy tumani — 1074, Yashnobod tumani — 1076.
“Shuni eslatib o‘tmoqchimizki, ushbu dispetcherlik xizmatiga qilingan har bir murojaat audio formatida yozib olinadi va ularning ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatilgan. Bir so‘z bilan aytganda, Sizning 1055 dispetcherlik xizmatiga qilgan har bir murojaatingiz ijrosi doimiy nazoratda bo‘lishi ta’minlanadi”. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»