date

Yerlardan samarali foydalanishga yangi soliq choralari

Yerlardan samarali foydalanishga yangi soliq choralari

O‘zbekistonda O‘RQ–1128-son qonun qabul qilinib, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bir qator qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Yangi tartiblar qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanishni kuchaytirishga qaratilgan.

Qonunga muvofiq, ikkilamchi ijara asosida yer olgan foydalanuvchilar tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlari, kanallar, sug‘orish hamda kollektor-drenaj tarmoqlari atrofida belgilangan maydonlarda agrotexnik talablarga mos ekinlar ekilmasligi maʼmuriy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Bunday holatda jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 3 baravarigacha etib belgilandi.

Shuningdek, Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi har yili 1 mayga qadar ushbu talablar bajarilmagan yer uchastkalari va ularning mulkdorlari haqidagi maʼlumotlarni davlat soliq organlariga elektron shaklda, real vaqt rejimida taqdim etishi shart bo‘ladi.

Mazkur maʼlumotlar asosida ekinlar to‘liq ekilmagan yer maydonlari uchun yer solig‘i stavkasi 3 baravarga oshirilgan holda hisoblanishi belgilandi. Bu orqali bo‘sh yoki samarasiz foydalanilayotgan yerlarning oldini olish ko‘zda tutilmoqda.

Qonunning kuchga kirishi uni rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach amalga oshadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yerlardan samarali foydalanishga yangi soliq choralari