date

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnes rekordlar kitobiga kirdi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnes rekordlar kitobiga kirdi

Poytaxtimizda joylashgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi” nominatsiyasi bo‘yicha rasman Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi.

Hazrati Imom majmuasi hududida barpo etilgan ushbu markaz 10 gektar maydonni egallaydi. Binoning uzunligi 161 metr, kengligi 118 metr, gumbazining balandligi 65 metr, xonalarining umumiy maydoni esa 50 ming kvadrat metrga yaqin. Aynan shu ko‘rsatkichlar uni jahondagi eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeylaridan biriga aylantirdi.

Ginnes rekordlar kitobiga kiritilganini tasdiqlovchi sertifikat tashkilot vakili Sheyda Subashi (Şeyda Subaşı) tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnes rekordlar kitobiga kirdi