Rasmiy: O‘zbekistonda uy bekalariga ham «dekret puli» to‘lanadi — 4 mln so‘mgacha

2026-yildan boshlab O‘zbekistonda uy bekalariga ham homiladorlik va tug‘ruq nafaqasi to‘lanishi belgilandi. Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, ijtimoiy sug‘urta tizimiga ulanishlari lozim. Buning uchun har oy 63 550 so‘m miqdorida badalni kamida 10 oy davomida uzluksiz to‘lash talab etiladi. Natijada uy bekaları tug‘ruq davrida 4 million so‘mgacha nafaqa olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
2026 yildan boshlab homiladorlik va tug‘ruq bo‘yicha nafaqani uy bekalari ham olishi mumkin bo‘ladi. Bu haqda rasmiy ma’lumot berildi.
Yangi tartibga ko‘ra, bu imtiyozdan foydalanish uchun fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tishi va ijtimoiy sug‘urta tizimiga ulanishi talab etiladi.
Shartlar ham aniq belgilangan: har oy 63 550 so‘m miqdorida badal to‘lash va kamida 10 oy davomida uzluksiz to‘lov amalga oshirish kerak bo‘ladi.
Shu tizim orqali uy bekalari ham kelgusida homiladorlik va tug‘ruq davrida 4 million so‘mgacha nafaqa olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.






























Izohlar 0
…