O‘zbekistonda yer qimirladi

Bugun, 12 aprel kuni O‘zbekiston hududida zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yer silkinishi soat 14:54 da kuzatilgan. Zilzila epitsentri Toshkent shahridan 249 km janubi-sharq yo‘nalishida joylashgan. Magnitudasi — 3, chuqurligi esa 10 km. Epitsentr Quva tumani, O‘zbekiston hududiga to‘g‘ri kelgan. Koordinatalari: 40,55 daraja shimoliy kenglik va 72,03 daraja sharqiy uzunlikda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila O‘zbekiston hududining bir qator tumanlarida turlicha kuch bilan sezilgan.
Sezilish darajasi quyidagicha:
Quva tumanida — 2-3 ball (4 km);
Shahrixon tumanida — 2 ball (16 km);
Toshloq tumanida — 2 ball (18 km);
Bo‘ston tumanida — 2 ball (19 km);
Asaka tumanida — 2 ball (20 km).