Bahor o‘rtasida Jizzaxda kutilmagan qor yog‘di

Bugun, 16 aprel kuni Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan Suffa hududida bahor fasliga qaramasdan qor yog‘di. Bu holat haqida “O‘zgidromet” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, soat 09:45 dan boshlab Zomin tumanining Suffa hududida, dengiz sathidan 2400 metr balandlikda o‘rtacha darajada qor yog‘ishi kuzatilgan. Qor qalinligi 2 santimetrni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, ushbu ob-havo holati natijasida hech qanday talafotlar yoki favqulodda vaziyatlar yuz bermagan.
Hodisa qayd etilgan nuqtaning geografik koordinatalari 39°37'36.4 shimoliy kenglik va 68°28'19.5 sharqiy uzunlik sifatida belgilangan.
Sinoptiklar bunday holatlar tog‘li hududlarda bahor oylarida ham ba’zan kuzatilishi tabiiy ekanini ta’kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing