GM Uzbekistan axborot va kommunikasiya texnologiyalari oraqali xaridorlar bilan mustahkam aloqa o‘rnatishga qaror qildi. Bu haqda Sof.uz xabar bermoqda.
"GM Uzbekistan, UZINFOCOM, Inxa Universiteti, TATU va Turin politexnika universiteti orasida avtombillarni sotish va sotuvdan keyin xizmat ko‘rsatish jarayonida axborot va kommunikasiya xizmatlaridan keng foydalanish haqida memorandum imzolashdi", — deyilgan kompaniya rasmiy xabarida.
Kompaniya aytishiga qaraganda, bunday hamkorlik kompaniya taklif qilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va mavjud bo‘lgan muammolarni hal qilishga yordam beradi. Xususan, bo‘lajak loyihada xaridorlar yaqin masofada joylashgan avtomobil dilerlarini topish va o‘z fikr mulohazalarini bildirishlari mumkin. Shuningdek loyihada keyinchalik avtomobillarni onlayn tarzda sotish ham ko‘zda tutilgan.
Loyihaning yana bir jihati O‘zbekistonlik avtomobil ishlab chiqaruvchisi va aholi orasida aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Ushbu loyiha aholiga GM Uzbekistan tomonidan tadbiq qilinayotgan yangilik va o‘zgarishlar haqida xabar qilib boradi.
Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun yuqorida aytib o‘tilgan OTMlar talabalari malaka oshirishga taklif qilinadi. Amaliyotlar yakunida eng munosib talabalar GM Uzbekistan kompaniyasiga ishga taklif qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi, u endi...