Foto: Bloomberg
Rossiya o‘ziga xos turdagi qarz inqirozi arafasida turibdi. Investorlarning fikricha, yirik rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti bo‘sh g‘aznalar emas, balki geosiyosat tomonidan birinchi marta obligatsiyalar defoltiga duchor bo‘ladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
24 fevral kuni Kreml Ukrainaga qarshi hujumni boshlamaguniga qadar, Rossiya o‘zining qattiq valyuta obligatsiyalari bo‘yicha defolt bo‘lishi ehtimolini ko‘pchilik bilmas edi.
Uning kuchli to‘lov qobiliyati, eksportdan yuqori daromadlari va inflyatsiyaga qarshi kurashuvchi markaziy banki Rossiyani rivojlanayotgan bozor investorlarining sevimlisiga aylantirdi.
Ammo AQSH G‘aznachiligining Rossiyaga keng qamrovli sanksiyalarga qaramay, qarzlarini to‘lashni davom ettirishga ruxsat beruvchi litsenziyani uzaytirmaslik haqidagi qarori Moskvani defolt yo‘liga olib keldi.
Rossiya Moliya vazirligi juma kuni o‘zining ichki hisob-kitob uyiga ikki obligatsiya bo‘yicha 100 mln dollarga yaqin foiz to‘lovlarini o‘tkazdi.
Ammo agar pul chet el obligatsiyalari egalarining hisobvaraqlarida ko‘rinmasa, ba’zi ta’riflarga ko‘ra u defolt hisoblanadi.
Va agar mablag‘lar bu vaqtdan o‘tib ketgan bo‘lsa ham, yil oxirigacha qariyb 2 mlrd dollar to‘lanishi kerak. Ekspertlarning aytishicha Rossiya to‘lovlarni litsenziyasiz amalga oshirishi imkonsiz.
Rivojlanayotgan bozordagi qarz inqirozlari yangilik emas — Rossiyaning o‘zi 1998 yilda rubl obligatsiyalaridan voz kechgan. Masalan, Venesuyela va Eronda defoltga majbur bo‘lgan geosiyosat ham qarz sohasiga avval ham kirib kelgan.
Eron 1979 yildagi inqilobdan keyin AQSH sanksiyalari tufayli kichik miqdordagi kredit qarzlaridan zarar ko‘rgan edi. Venesuyela iqtisodi 2019 yilda AQSH sanksiyalaridan avvalroq keskin pasayib ketgan edi.
Ammo Rossiyada vaziyat boshqacha, u neft va metallardan daromad olishda davom etmoqda. 640 mlrd dollarlik zaxiralarining yarmi sanksiyalar tufayli muzlatilgan bo‘lsa ham, Rossiya Markaziy bankida 40 mlrd dollarlik suveren valyuta qarzini to‘lash uchun yetarli pul bor.
- Bu boshqa rivojlanayotgan bozor inqirozlaridan butunlay farq qiladigan inqiroz. Gap to‘lash qobiliyati yoki pul yo‘ligida emas, ular texnik jihatdan to‘lay olmaydi, — dedi Flavio Karpenzano, Capital Group investitsiya direktori.
Bu Rossiyaning 1917 yildagi bolsheviklar inqilobidan keyingi birinchi yirik xorijiy obligatsiyalar defolti bo‘lishi mumkin. Rossiyaga qarshi sanksiyalar uni global moliyaviy tizimlardan samarali ravishda uzib yubordi.
- Bu rivojlanayotgan bozorlar tarixidagi birinchi tashqi va siyosiy defolt bo‘ladi, — Lombard Odiyer bosh investitsiya direktori Stefan Moner.
G‘aznachilik litsenziyasining tugashi kreditorlar baribir to‘lovlarni ololmasligi mumkinligini anglatadi. Mirabaud Asset Management global rivojlanayotgan bozor qarzlari rahbari Daniyel Moreno buni ‘‘dunyoni ostin-ustun qilish’’ bilan taqqosladi.
Aksariyati yilni nominaldan yuqori savdoga boshlagan Rossiyaning xalqaro obligatsiyalari qiymati bir dollar uchun 13-26 sentgacha tushib ketdi. Ular indekslardan ham olib tashlandi.
Argentina yoki Venesuyela kabi o‘tmishdagi qarzlarni to‘lamaganlardan asosiy farq shundaki, Rossiyaning Ukrainaga hujumi — uni ko‘plab investorlar nazarida, ehtimol, kelgusi yillar davomida pariyaga aylantirdi.
- Ushbu obligatsiyalarni amalda ushlab turishda katta stigma mavjud, chunki rivojlanayotgan bozorlardagi menejerlar o‘z mijozlari bosimi ostida Rossiyaga sarmoya kiritmaslikni va o‘z pozitsiyalarini tugatishni so‘rashmoqda, — dedi yana bir investor Gabriyele Foa.
Hozircha potensial defolt ramziy ma’noga ega, chunki Rossiya baribir xalqaro qarz ololmaydi va bunga ehtiyoj ham yo‘q. Ammo keyingi bosqichda nima bo‘lishi juda muhim. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi