date

Dubay London va Nyu-Yorkni ortda qoldirdi

Dubay London va Nyu-Yorkni ortda qoldirdi

Buyuk Britaniyaning ko‘chmas mulk kompaniyasi Savills Plc boylar uchun eng nufuzli va yashashga qulay shaharlar reytingi natijalarini e’lon qildi. 2025 yilda ushbu ro‘yxatda Dubay birinchi o‘rinni egallab, London, Nyu-York va Singapurni orqada qoldirdi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, Dubayning yetakchiligi uning moliyaviy barqarorligi, rivojlangan infratuzilmasi va yuqori hayotiy standartlari bilan izohlanadi.

Savills hisobotiga ko‘ra, boylar uchun dunyodagi eng jozibali 10 ta shahar quyidagicha:

1. Dubay (BAA),

2. Nyu-York (AQSH),

3. Singapur,

4. Honkong,

5. Abu-Dabi (BAA),

6. Monako,

7. Los-Anjeles (AQSH),

8. Mayami (AQSH),

9. Aspen (AQSH),

10. London (Buyuk Britaniya).

Reytingni tuzishda soliq siyosati, ko‘chmas mulk qiymati va sifati, xavfsizlik darajasi, infratuzilma hamda biznes va migratsiya imkoniyatlari inobatga olingan.

Tahlilchilar fikricha, Dubayning ustunligi global boylik markazlarining Yaqin Sharqqa yo‘nalishini ko‘rsatadi. Amirlik bugun nafaqat sayyohlik va moliya sohasida, balki jahon elitasi uchun nufuzli yashash manzili sifatida ham yetakchi o‘rinni egallamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubay London va Nyu-Yorkni ortda qoldirdi