USAID: Ukrainaning harbiy xarajatlari oyiga 5-6 mlrd dollarga yetyapti

1 daqiqa o'qish1.1K
USAID: Ukrainaning harbiy xarajatlari oyiga 5-6 mlrd dollarga yetyapti
USAID: Ukrainaning harbiy xarajatlari oyiga 5-6 mlrd dollarga yetyapti Jahon 08:17 1832
Ukraina hukumati «ushbu urushni boshqarish» uchun oyiga 5-6 milliard dollar sarflashga majbur, dedi AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) rahbari Samanta Pauer 21 iyun, seshanba kuni «Oldinga yo‘l» (The Way Forward) tok-shousida, u Jahon banki guruhi prezidenti Devid Malpassning savollariga javob berdi.

Pauerning ta’kidlashicha, bu xarajat «hayratlanarli» va hatto AQSH ma’muriyati Ukrainaga yordam sifatida ajratishga tayyorlanayotgan 7,5 milliard dollar ham urush xarajatlarini qoplashga yetmaydi. «Bu mablag‘ yetarli emas, kelajakda bundan ham ko‘proq to‘g‘ridan to‘g‘ri budjet yordami talab qilinishini bilamiz», — deya ta’kidladi USAID rahbari.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi uzoq muddatli oqibatlari bilan bog‘liq muammolar haqida gapirar ekan, Malpass va Pauer global oziq-ovqat xavfsizligiga tahdidlarni muhokama qildi. Pauerning so‘zlariga ko‘ra, «Putin Ukrainadagi urush quroli sifatida oziq-ovqat va gumanitar yordamni ishlatmoqda, global ochlik va dezinformatsiyani qurolga aylantirib, rivojlanayotgan mamlakatlarni oziq-ovqat muammolari sababi Rossiyaning o‘z harakatlari, jumladan Ukraina oziq-ovqat eksportini bloklash emas, balki sanksiyalar ekaniga ishontirmoqchi».

Avvalroq, Germaniya rasmiylari birinchi marta Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish reyestrini e’lon qilgan edi. Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish ro‘yxatiga Germaniya hukumati tashabbusi bilan xorijiy hamkorlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida yordam ko‘rsatish uchun moliyalashtirilgan Bundesver va nemis qurolsozlari omborlaridan yetkazib beriladigan materiallar kiradi (Ertüchtigungsinitiative). Ilgari ushbu tashabbusga 2022 yil uchun ajratilgan mablag‘ miqdori 2 milliard yevrogacha oshirilgan edi. Qo‘shimcha mablag‘lar birinchi navbatda Ukraina uchun mo‘ljallangan.

Aprel oyida Jahon banki Ukraina yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yilga nisbatan 45,1 foizga tushishini bashorat qilgan edi. Urush va odamlarning ko‘chirilishi Ukrainadagi qashshoqlik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qashshoqlik chegarasidan pastda yashayotgan mamlakat aholisining ulushi (taqqoslash mumkin bo‘lgan daromadga ega mamlakatlar uchun bu chegara kuniga 5,5 dollarni tashkil qiladi) keskin o‘sishi xavfi bor - 1,8 foizdan 19,8 foizgacha, deb ogohlantirdi Jahon banki.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?