
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 8–9-noyabr kunlari mamlakatimiz bo‘ylab ob-havo barqarorlashib, harorat asta-sekin ko‘tariladi. Keyingi kunlarda respublika hududidan sovuq havo massalari to‘liq chekinishda davom etadi.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, 8-noyabr kuni havo harorati kunduzi 14–17 darajagacha, mamlakatning janubiy viloyatlarida esa 18–20 darajagacha iliq bo‘ladi. Kechalari ham harorat sezilarli darajada ko‘tarilib, hududlarning asosiy qismida iliq ob-havo saqlanadi. Faqat shimol va cho‘l hududlarida kechasi va ertalab vaqtlarida kuchsiz sovuq saqlanishi ehtimol qilinmoqda.
Poytaxt Toshkentda ham dam olish kunlari yorug‘ va o‘zgaruvchan ob-havo kutilmoqda. Yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli yo‘q, shamol esa past tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi 14–16 daraja iliq, kechalari esa 1–3 daraja atrofida bo‘ladi.
Meteorologlar ma’lumoticha, noyabrning ikkinchi haftasidan boshlab mamlakat bo‘ylab quyoshli kunlar soni ko‘payib, havo tobora iliqlashadi. Bu esa kuz faslining oxirgi haftalarida aholining dam olish va sayr qilish faoliyati uchun qulay sharoit yaratishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!