O‘zbekistonda bog‘chalar soni 38 mingdan oshdi

1 daqiqa o'qish240
O‘zbekistonda bog‘chalar soni 38 mingdan oshdi

O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim sohasida o‘sish qayd etilmoqda, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.

2024 yil yakuni bo‘yicha mamlakatda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari soni 38 058 taga yetdi. Bu 2023 yilga nisbatan 2 mingdan ziyod ko‘rsatkich bo‘lib, tizimdagi kengayish sur’ati ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bog‘chalarning asosiy qismini — 28 700 dan ortig‘ini oilaviy nodavlat muassasalar tashkil etadi. So‘nggi yillarda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va litsenziyalash jarayonlarining soddalashuvi bu yo‘nalishda faol rivojlanishga turtki bo‘ldi.

Eng ko‘p bog‘chalar Samarqand (4 507 ta), Andijon (4 324 ta), Qashqadaryo (4 216 ta) va Farg‘ona (4 189 ta) viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Toshkent shahri (1 047 ta) va Sirdaryo viloyati (1 145 ta) esa eng past ko‘rsatkichga ega hududlar sifatida qayd etilgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bog‘chalar sonining ortishi bolalarning erta rivojlanishi va ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, tarbiyachilar malakasini oshirish va sifat nazoratini kuchaytirish hanuz muhim vazifa bo‘lib qolmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?