07:30 / 07.08.2022
1 713

Pul topishdan ko‘ra kredit olish jozibaliroq ko‘rinadi, aslida-chi?

Pul topishdan ko‘ra kredit olish jozibaliroq ko‘rinadi, aslida-chi?
Rossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya fuqarolarining yarmidan ko‘pida to‘lanmagan kreditlar bor. Moliyaviy maslahatchi Tatyana Volkova, kouch-trener Anna Oganesyan va psixolog Yuliya Xadarseva Gazeta.ru nashriga bergan intervyularida iste’mol kreditlarining yashirin xavflari haqida gapirib berishdi.

Biz bugun uchun yashayapmiz, erta-chi?

Sertifikatga ega moliyaviy maslahatchi, investor Tatyana Volkovaning fikricha, dunyo iste’mol davrida yashamoqda, ko‘pchilik insonlar uchun kerakli vositalarni kreditga sotib olish mutlaqo normal holatdek bo‘lib qoldi:

Bu yondashuv marketologlar ishining mevasidir. Ular shu yerda bugun yashayapmiz, keyinroq ham bemalol to‘lasak bo‘ladi, degan g‘oyani yaxshi targ‘ib qilishmoqda. Bu g‘oya veb-saytlar va televideniyedagi yorqin sarlavhalarga ega reklamalarda aks ettirilyapti. Do‘konlar ajablanarli darajadagi yaxshi ko‘ringan kredit dasturlarini reklama qiluvchi bannerlar bilan to‘la.

Bu kabi asossiz iste’mol g‘oyalari bizga o‘nlab yillar davomida singdirilgan. Bu juda ko‘p odamlar ongida ildiz otgan va ularning soni o‘sishda davom etmoqda.

Hamma joyda, jumladan ommaviy axborot vositalari orqali bizga go‘yo shunday qo‘rquv yuklanmoqdaki, faqat bugunni o‘ylab yashashimiz kerak, agar pul topib uni yig‘sak, hayot sizdan o‘tib ketadi, shu uchun kredit karta olish zarur emish
”.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, kreditning xavfli tomoni shundaki, odamlar bunday jozibali qarmoqlarga tushib, muhim moliyaviy ustuvorliklarini yo‘qotadilar. Ya’ni mablag‘larning bir qismini tejash, aktivlarni shakllantirish va o‘z jamg‘armalari orqali himoya yostig‘ini yaratishni unutadilar.

Bundan tashqari, xuddi shu kredit kartalarida o‘ta yuqori foiz stavkalari tikilgan, ular yiliga 70 % gacha yetishi mumkin. Ko‘p odamlar bu haqiqat bilan qiziqmaydilar. Axir, birinchi o‘rinda ular imtiyozli davrga ega, ayni shu yerda va hozir yo‘q joydan pul topish imkoniyati bor. Ammo e’tiborni mashaqqatsiz kelgan kredit mablag‘i rohatiga emas, uni qaytarayotganda qo‘shiladigan foiz stavkasi va bu pulni qaytarishga ketadigan kelajakdagi mehnatga qaratish kerak", - deydi Volkova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, nozik psixologik hisob-kitob ham mavjud. “Ko‘pchilik bir kun kelib, zudlik bilan pulga muhtoj bo‘lib qoladi, qarasaki kredit kartasi bor, shunda odamlar imtiyozli davrdan tashqari muddatga ham qarz oladi. Ana undan keyin olingan pullar uchun butun vaqt davomida yuqori foizlar yozilaveradi.

Bir kishi 99 ming rubl uchun kredit kartasi olib, keyinchalik foizlari bilan qo‘shib hisoblaganda 900 ming rubldan ortiq mablag‘ to‘lagan misollarni bilaman.

Kreditga kim ko‘proq moyil bo‘ladi?

"Odamlar moliyaviy savodsizdir, mablag‘lari uchun reja tuzish va shaxsiy budjet shakllantirish qobiliyatiga ega emas. Ularga kreditlar unchalik katta bo‘lmagandek tuyulishi mumkin, ammo oxir-oqibatda yengil kreditlar siz sezmagan holatda og‘ir yukka aylanadi, bunga esa hamma odamlar ham bardosh bera olmasligi mumkin”, — deya ogohlantiradi Volkova.

Uning ta’kidlashicha, haddan tashqari ko‘p kreditlar jamiyatda o‘rtachadan yuqori daromad ega odamlarda ham bo‘lishi mumkin.

"Boylikdan qat’i nazar, siz pragmatik fikr yuritishingiz zarur. Moliyaviy savodxonlik masalalarida xabardorlik darajangizni rivojlantirishingiz kerak. Masalan, nimadir xarid qilayotganda shu mahsulotga erishish uchun qancha ter to‘kish kerakligini hisoblashingiz lozim bo‘ladi. Misol uchun, bu xarid qancha oylik daromadingizga to‘g‘ri keladi. Agar siz shu nuqtai nazardan o‘ylasangiz, hissiyotlarga berilib xarid qilish moyilligingiz yo‘qoladi.

Umuman olganda, vaziyatga kelsak, uni hal qilishning yagona yo‘li bor - kichik iste’mol kreditlari va kredit kartalaridan foydalanishni to‘xtating. Agar hozir sizda ma’lum miqdorda qarz bo‘lsa, qarindoshlardan qarz oling yoki pastroq foiz stavkasida iste’mol kreditini olib, kartani yopishni maslahat beraman. Keyin qarzlarni to‘lang va bundan buyon o‘zingizda moliyaviy rejalashtirish mahoratini odatga aylantiring
", - deya xulosa qiladi Volkova.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pul topishdan ko‘ra kredit olish jozibaliroq ko‘rinadi, aslida-chi?