08:26 / 12.07.2023
1 295

Shoygu AQSH Ukrainaga kassetali bombalar bersa, Rossiya qanday javob qaytarishini aytdi

Foto: Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi matbuot xizmati

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu AQSH Ukrainaga kassetali bomba yetkazib bergan taqdirda Rossiyaning javobi qanday bo‘lishini aytdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berilsa, Rossiya qo‘shinlari Ukraina armiyasiga qarshi xuddi shunday vositalarni qo‘llashga majbur bo‘ladi. U  Amerika rahbariyatining bu qarori konfliktning cho‘zilishiga ta’sir qilishini ta’kidladi.

Rossiya Mudofaa vazir mamlakat “har ehtimolga qarshi” kassetali bombalarga egaligini aytdi.

Ammo bu qurollar tinch aholiga tahdid solayotganini tushunib, Moskva har doim o'zini tiyib kelgan va ulardan “maxsus harbiy operatsiya”da foydalanishdan saqlanadi, — degan Shoygu.


AQSH Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar beradi

Kassetali o‘q-dorilar (yoki kassetali bombalar) o‘nlab-yuzlab kichikroq bombalarni o‘z ichiga olgan konteynerlardir. Ularni samolyotdan, artilleriyadan, raketa otish moslamalaridan, dengiz qurollaridan otish mumkin.

Kassetali o‘q-dorilar oldindan belgilangan balandlikda ochiladi, bu mo‘ljallangan nishonning maydoniga bog‘liq bo‘lib, ichidagi o‘q-dorilar belgilangan hududga taqsimlanadi. O‘q-dorilar bir-biriga taymer bilan bog‘langan va yerga yaqinroq portlaydi.

Nima uchun kassetali o‘q-dorilar bahsga sabab bo‘lmoqda?

Bombalar katta maydonga tushgani sababli ular jangovar bo‘lmagan hududlarga ham tahdid solishi mumkin. Bundan tashqari, Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘q-dorilarning 10 foizdan 40 foizgacha bo‘lgan qismi nobud bo‘ladi va portlamagan o‘q-dorilar tinch aholi uchun yillar va hatto o‘nlab yillar davomida xavf tug‘diradi.

Potensial halokatli kassetali o‘q-dorilar Laos va Vyetnamda ishlatilganidan 50 yil o‘tib hamon portlamay qolmoqda, bu esa mazkur qurollarni keng miqyosda taqiqlashni talab qilishga undadi.

Kassetali o‘qlar to‘g‘risidagi konvensiya tufayli dunyoning aksariyat mamlakatlari ushbu qurollardan foydalanishni allaqachon taqiqlab qo‘ygan, bu esa ularni zaxiralash, ishlab chiqarish va uzatishni ham taqiqlaydi. Ushbu konvensiyaga 123 davlat qo‘shilgan, ammo yana 71 davlat (xususan, AQSH, Ukraina, Rossiya) qo‘shilmagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shoygu AQSH Ukrainaga kassetali bombalar bersa, Rossiya qanday javob qaytarishini aytdi
ePN