21:33 / 17.10.2023
322

G‘azoliklar janubga ketmoqda, Isroil ham chegaradagi shaharni bo‘shatmoqda (foto)

G‘azoliklar janubga ketmoqda, Isroil ham chegaradagi shaharni bo‘shatmoqda (foto)

Falastinlik oila eshak aravada G‘azodan evakuatsiya bo‘lmoqda. Foto: AFP

Isroil va HAMAS urushi, o‘ninchi kun. So‘nggi ma’lumotlar

  • OAVda G‘azo va Misr chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktini ochish maqsadida sektorda o‘t ochish vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar tarqaldi. Ammo keyinroq bu ma’lumot Isroil bosh vaziri kanselyariyasi tomonidan ham, HAMAS tomonidan ham rad etildi. 
  • TsAHAL Livan bilan chegaradagi 28 ta aholi yashash manzillari aholisi evakuatsiya qilinishini ma’lum qildi. Isroilning shimoliy hududlari ushbu mamlakat janubida o‘rnashgan «Hizbulloh» guruhi tomonidan o‘qqa tutilmoqda. 
  • Isroil mudofaa armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektori shimolidan janubga yarim million kishi qochib o‘tgan.
  • Jo Bayden HAMAS to‘liq yakson etilishi lozimligini ma’lum qildi. Ammo Isroil G‘azo sektorini okkupatsiya qilishi katta xato bo‘lishidan ham ogohlantirdi.
  • O‘tgan 24 soat ichida Isroil mudofaa armiyasi HAMASning G‘azo sektoridagi 250 obektiga zarba yo‘llagan. HAMASning janubiy ichki xavfsizlik okrugi qo‘mondoni Matez Id o‘ldirilgan. 
  • Falastin sog‘liqni saqlash vazirligining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektorida 2750 kishi halok bo‘lib, 9700 dan ortiq kishi yaralangan. Isroilda qurbonlar soni kamida 1400 kishi, yana 2500 kishi yaralangan.
  • BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish markaziga ko‘ra, G‘azoning barcha shifoxonalarida 24 soat ishlash uchun yetarli yonilg‘i qolgan. Zaxira elektr generatorlari faoliyati to‘xtashi minglab bemorlar hayotini xavf ostida qoldiradi.
  • BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilni G‘azo sektoriga gumanitar yordam karvonlarini o‘tkazishga, HAMASni esa — anklavda garovda ushlab turilganlarni ozod etishga chaqirdi. «Biz Yaqin Sharqdagi jarlik yoqasida turibmiz», degan u.

Isroil mudofaa armiyasi quruqlik amaliyotiga tayyorlanmoqda. TsAHAL o‘tgan hafta davomida HAMASning G‘azo sektoridagi pozitsiyalari bo‘ylab yoppasiga zarbalar yo‘lladi. 13 oktyabr kuni isroillik harbiylar G‘azo aholisini sektor shimolidan janubga evakuatsiya bo‘lishga chaqirdi.

Avvaliga buning uchun bir kun muhlat berilgandi, ammo shundan buyon muhlat surilib kelmoqda. BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan bir hafta ichida G‘azoda bir million atrofidagi kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

O‘z navbatida, Isroil hukumati ham tarixda ilk bor butun shaharni evakuatsiya qilishga ko‘rsatma berdi. 15 oktyabr kuni rasmiylar mamlakat janubida, G‘azo sektori bilan chegaradagi Negev sahrosida joylashgan Sderot shahri aholisini xavfsiz hududlarga olib ketishni boshladi. Shaharda 30 ming kishi yashaydi. Aholining uchdan ikki qismi allaqachon Sderotni tark etgan.

Sderotdan evakuatsiya

HAMAS a’zolari G‘azo sektori sohil hududidan Isroil bo‘ylab raketalar uchirmoqda, 2023 yil 14 oktyabr
Mohammed Saber / EPA / Scanpix / LETA
Sderot aholisi havo trevogasi vaqtida, 2023 yil 12 oktyabr
Jini / Xinhua / ZUMA Press / Scanpix / LETA
Sderotda M16 miltig‘i bilan qurollangan ayol do‘kon yaqinidagi avtoturargohda. 2023 yil 12 oktyabr
Yuri Cortez / AFP / Scanpix / LETA
Isroilning «Temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimi G‘azo sektori tomondan Sderot tomonga uchib kelgan raketalarni to‘xtatib qolmoqda. 2023 yil 14 oktyabr
Thomas Coex / AFP / Scanpix / LETA
Sderotdan evakuatsiyani kutayotgan isroilliklar oilasi, 2023 yil 15 oktyabr
Martin Divisek / EPA / Scanpix / LETA
Sderot aholisi evakuatsiya avtobusiga joylashtirilmoqda, 2023 yil 15 oktyabr
Yuri Cortez / AFP / Scanpix / LETA
Sderotlik kishi yopiq do‘konlar oldidan o‘tmoqda, 2023 yil 15 oktyabr
Martin Divisek / EPA / Scanpix / LETA

G‘azodan evakuatsiya 

G‘azo sektori shimoli Isroil harbiylari aviazarbasidan keyin, 2023 yil 14 oktyabr
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
G‘azo g‘arbidagi Al-Shati qochqinlar lagerida isroilliklar raketa zarbasidan keyin yaralangan falastinlik ayolga hududni tark etishda yordam berilmoqda, 2023 yil 14 oktyabr
Mohammed Saber / EPA / Scanpix / LETA
Qutqaruvchilar G‘azo sektorining markaziy qismidagi Deyr-el-Balax shahrida uy vayronalari ostidan o‘smir jasadini olib chiqishmoqda, 2023 yil 15 oktyabr
Mohammed Faeq / AFP / Scanpix / LETA
Deyr-el-Balax shahridagi Al-Aqso hospitaliga keltirilgan yarador bola, 2023 yil 15 oktyabr
Adel Hana / AP / Scanpix / LETA
Falastinlik oila a’zolarining jasadlari solingan yuk mashinasi. Oila G‘azo sektori shimolidan Deyr-el-Balax shahriga evakuatsiya bo‘lgandi va qochqinlar joylashtirilgan uyda halok bo‘lgan. 2023 yil 15 oktyabr
Mahmud Hams / AFP / Scanpix / LETA
G‘azo sektoridagi shifoxonalarning o‘likxonalari to‘lib ketgani tufayli ayrim jasadlarni muzqaymoq savdosi uchun foydalaniladigan furgonlarda saqlashmoqda. 2023 yil 15 oktyabr
Reuters / Scanpix / LETA
G‘azo sektori janubidagi Xon-Yunisda suv g‘amlayotgan falastinliklar, 2023 yil 14 oktyabr
Ahmed Zakot / Reuters / Scanpix / LETA
Xon-Yunisda qochqinlar uchun ko‘cha oshxonasi. Yonilg‘i va gaz yetishmovchiligi tufayli taom o‘tin yoqib tayyorlanmoqda. 2023 yil 15 oktyabr
Mahmud Hams / AFP / Scanpix / LETA
Isroillik harbiylarning G‘azo sektori janubidagi Rafah shahriga yo‘llagan aviazarbasi oqibatlari, 2023 yil 15 oktyabr
Mohammed Abed / AFP / Scanpix / LETA
Isroilning «Merkava» tank bo‘linmasi G‘azo sektori bilan chegaradagi Beeri kibutsi atrofida, 2023 yil 14 oktyabr
Marcus Yam / LA Times / Getty Images
TsAXAL samolyotlari G‘azo bo‘ylab varaqalar tashlab, aholini zudlik bilan sektor janubiga ketishga chaqirmoqda. 2023 yil 13 oktyabr
Mohammed Talatene / dpa / Scanpix / LETA
G‘azo aholisi TsAXALning G‘azo sektorida kutilayotgan quruqlik amaliyoti oldidan evakuatsiya bo‘lmoqda. 2023 yil 13 oktyabr
Mohammed Saber / EPA / Scanpix / LETA
G‘azodan ketayotgan falastinliklar, 2023 yil 13 oktyabr
Mohammed Saber / EPA / Scanpix / LETA
G‘azodan evakuatsiya chog‘ida o‘z mulklarini janubga olib ketayotgan falastinliklar, 2023 yil 13 oktyabr
Atia Darwish / APA / SIPA / Scanpix / LETA
Falastinlik oila G‘azo sektori janubiga harakatlanmoqda, 2023 yil 13 oktyabr
Ahmad Salem / Bloomberg / Getty Images
Xon-Yunisda benzin uchun navbatda turgan falastinliklar oilasi, 2023 yil 15 oktyabr
Ibraheem Abu Mustafa / Reuters / Scanpix / LETA
G‘azodan sektor janubiga ketayotgan mashinalar navbati, 2023 yil 13 oktyabr
Loay Ayyoub / The Washington Post / Getty Images
G‘azodan evakuatsiya, 2023 yil 13 oktyabr
Loay Ayyoub / The Washington Post / Getty Images

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo