date

Alonso: Mbappe gollar urgan, urmoqda va uradi


“Real” jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso matbuot anjumanida hujumchi Kilian Mbappe haqida fikr bildirdi. "Mbappe gollar urgan, urmoqda va kelajakda ham urishda davom etadi.

Uning jamoaga ta'siri va ijobiy roli juda katta va bularning barchasini u katta pishiqchilik bilan qabul qilmoqda. Endi jamoa unga yordam berishi kerak, shunda u gollar urishda davom etadi.

Mbappeni “Oltin butsa” sovrini bilan tabriklayman, bu uning mashaqqatli mehnatining munosib mukofoti. Biz uni shu darajani saqlab qolishiga ko'maklashishimiz kerak.

Mbappega tushayotgan bosim haqida gapiradigan bo'lsam, futbolchilarga ortiqcha yuklama tushmasligiga har doim e'tibor beraman. Ularning qilayotgan ishlarini to'g'ri baholab, vaqtida toʻxtashni bilish kerak.

Bu o'zgarishsiz qoidadir. Kilian bilan ishlash jarayonida ham ehtiyotkorlik bilan yondashdik”, — dedi Alonso.

Shuningdek, 1-noyabr, shanba kuni “Real” La Liga doirasida oʻz maydonida “Valensiya”ga qarshi oʻyin oʻtkazishi rejalashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Alonso: Mbappe gollar urgan, urmoqda va uradi