
Golden House Property Group kompaniyasi iste'molchilar huquqlarining buzilishi haqida tarqalgan ma'lumotlarga o'z rasmiy munosabatini bildirdi. Ma'lum qilinishicha, Raqobat muhitini rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi tomonidan qurilish kompaniyasi faoliyatini tekshirish haqida e'lon qilingan ma'lumot va bu borada ijtimoiy tarmoqlar hamda ommaviy axborot vositalarida yuzaga kelgan muhokamalarga izoh berilgan.
Xususan, kompaniya shartnomasidagi mijoz tashabbusi bilan shartnomani bekor qilish bandi hamda noto'g'ri ma'lumot tarqatishga oid bandlar birlashtirilib, noto'g'ri talqin qilingani ta'kidlanadi. "Kompaniyaning ishchan obro'siga zarar yetkazuvchi, ataylab noto'g'ri ma'lumot tarqatish" bo'yicha shartnoma bandi alohida ko'rsatilgan bo'lib, faqat tijorat sirlarini va kompaniya ishchan obro'sini himoya qilishga qaratilgan.
Ushbu band mijozlarning qonuniy murojaatlari, shikoyatlari va asosli tanqidlarini cheklamaydi. Kompaniya, shuningdek, ushbu band mijozlarning qonuniy harakatlariga taalluqli emasligini va bu jarimalarni nazarda tutmasligini alohida qayd etadi.
Golden House Property Group O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, xususan, mijozlar va hamkorlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha qonunlarga qat'iy rioya qiladi. Hozirda Golden House Property Group Qo'mita va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda shartnoma bandlarini to'liq va aniq tushuntirish hamda ularning maqsadlarini izohlash bo'yicha ish olib bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 