
Argentina terma jamoasining hujumchisi Lionel Messi Ispaniyaning 'Barselona' klubi prezidentligi uchun saylovlarda qatnashishga qaror qildi. Bu haqda ABC portali xabar bermoqda.
Manbalarga ko'ra, Messi amaldagi klub prezidenti Joan Laporta bilan raqobat qilishga qat'iy qaror qilgan. Saylovlar 15 mart va 15 iyun oralig'ida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
To'rt yil avval Messi saylovlarda ochiqchasiga Laportani qo'llab-quvvatlagan edi. Biroq shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishilmagani sababli ularning munosabati yomonlashgan va natijada futbolchi klubni tark etib, 'PSJ'ga o'tgan edi.
Laporta saylovlarni aprel oyida o'tkazishni ma'qul ko'rmoqda, chunki bu mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlash ehtimoli bo'lgan taqdirda tanqiddan qochishga yordam berishi mumkin. Shuningdek, xabarlarga ko'ra, Messi g'alaba qozonish imkoniyati yuqori bo'lgan nomzod paydo bo'lsa, saylovlarda qatnashmasligi ham ehtimoldan xoli emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 