
Charlz III ning ahvoli yomonlashgani sababli shahzoda Garri zudlik bilan Londonga uchib ketadi.
Britaniya OAVlari shahzoda Garri saraton tashxisi qo‘yilgan otasi qirol Charlz III bilan telefon orqali suhbatdan so‘ng Londonga uchib ketishga qaror qilgani haqida xabar berdi.
OAVning ma’lum qilishicha, shahzoda rafiqasi, aktrisa Megan Markl va ikki farzandi bilan yashaydigan AQSHdan zudlik bilan uyiga uchib ketadi.
Shifokorlar Charlz IIIda prostata bezi kattalashgani sababli operatsiyadan keyingi tekshiruv vaqtida saratonni aniqlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar