17:03 / 03.07.2024
267

Finlyandiya prezidenti: “Xitoy bir qo‘ng‘iroq bilan Ukrainadagi urushni tugatishi mumkin”

Finlyandiya prezidenti: “Xitoy bir qo‘ng‘iroq bilan Ukrainadagi urushni tugatishi mumkin”
Foto: AP Photo
Xitoy Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini bitta yuqori darajadagi telefon qo‘ng‘irog‘i bilan yakunlashi mumkin. Bu haqda Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubbga tayanib, Bloomberg xabar berdi.

Aleksandr Stubbning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hozir Xitoyga juda bog‘lanib qolgan.

Prezident Si Szinpinning bir telefon qo‘ng‘irog‘i bu inqirozni (Ukrainadagi urush) hal qilar edi”, dedi Finlyandiya prezidenti.

Yevropa rasmiylari Xitoyni Rossiyaga texnologiya va qurol uchun qismlar yetkazib berishda, Moskvaga xalqaro savdo cheklovlarini chetlab o‘tishda yordam berishda ayblamoqda.

Agar u (Si Szinpin) tinchlik muzokaralarini boshlash vaqti keldi, desa, Rossiya buni qilishga majbur bo‘lardi. Ularning boshqa iloji qolmaydi”, dedi Stubb.

Shuningdek, Finlyandiya prezidenti Xitoy bu orqali foyda olishini ta’kidladi.

Xitoy hududiy yaxlitlik va suverenitet bilan bog‘liq xalqaro huquqlarni himoya qilishi kerak. Bu to‘g‘ri ish va Xitoyning yetakchiligini ham namoyish etadi. Hozirda o‘t ochishni to‘xtatishga undash borasida hech qanday gap yo‘q, haqiqiy tinchlik muzokaralari kerak. Rossiya tushunadigan yagona narsa — kuch. Shu uchun Ukrainaga qanchalik ko‘p yordam bera olsak, urushni tezroq tugatamiz”, dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Finlyandiya prezidenti: “Xitoy bir qo‘ng‘iroq bilan Ukrainadagi urushni tugatishi mumkin”
Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru | Это тестовая ссылка. Mainlink.ru