14:57 / 16.07.2024
94

So‘rov: Ukrainlarning 44 foizi Rossiya bilan muzokaralarni boshlash tarafdori

So‘rov: Ukrainlarning 44 foizi Rossiya bilan muzokaralarni boshlash tarafdori
Foto: VVS
Ukrainaliklarning 44 foizi Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini boshlash vaqti keldi, deb hisoblaydi, respondentlarning 35 foizi bunga qarshi, 21 foizi javob berishga qiynalgan. Bu - Razumkov markazi tomonidan 15 iyul, dushanba kuni e’lon qilingan, Ukrainaning ZN.UA («Hafta ko‘zgusi») nashri talabiga binoan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari.

Unga ko‘ra, mamlakat markazi aholisining 49 foizi Rossiya Federatsiyasi bilan rasmiy tinchlik muzokaralari boshlanishi haqidagi ma’lumotni xotirjam qabul qiladi. Ukraina g‘arbiy qismida bu ko‘rsatkich sezilarli darajada past - atigi 35 foiz. Mamlakat sharqida, o‘z navbatida, respondentlarning atigi 33 foizi muzokaralar o‘tkazilishini istasa, 34 foizi bunga qarshi. Respondentlar deyarli uchdan bir qismi yakuniy to‘xtamga kela olmagan.

2022 yil oktyabr oyida Volodimir Zelenskiy tomonidan Putin bilan muzokaralar olib borishning mumkin emasligi haqidagi farmonni bekor qilish kerakmi, degan savolga so‘rovnoma ishtirokchilarining 32 foizi ijobiy javob berdi. 37 foizi ushbu farmon kuchda qolishi mumkinligiga ishongan.

Aksariyat ukrainlar - Putin shartlari bo‘yicha tinchlikka qarshi

Shu bilan birga, ukrainaliklarning mutlaq ko‘pchiligi mamlakat Vladimir Putin taklif qilgan «tinchlik» shartlariga rozi bo‘lmasligi kerak, deb hisoblaydi. Shu tariqa, respondentlarning 83 foizi Ukraina qo‘shinlarining Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya viloyatlari hududidan olib chiqilishiga rozi bo‘lmasligini bildirgan. Respondentlarning 77 foizi Rossiya boshlagan urush uchun kiritilgan barcha xalqaro sanksiyalar bekor qilinishiga qarshi chiqdi. Respondentlar 58,5 foizi Ukraina Konstitutsiyasiga neytral va yadrosiz maqom qo‘shilishiga rozi emas. 22 foizi bunday qadam tashlashga tayyor.

So‘rov ishtirokchilarining 51,5 foizi uchun Rossiya Federatsiyasi bilan tinchlikka erishishning minimal sharti Ukrainaning 1991 yilgi chegaralariga qaytishidir. Respondentlar 26 foizi Rossiya qo‘shinlarining 2022 yil boshida egallab turgan pozitsiyalariga olib chiqilishiga rozi bo‘ldi.

Vladimir Putinning taklifiga rozi bo‘lmasa-da, ukrainaliklarning aksariyati (76 foiz) Rossiya prezidenti faqat o‘z shartlari asosida tinchlikka yo‘l qo‘yishiga ishonadi. 47 foiz Putin «savdolashishga tayyor» deb hisoblaydi, chunki urush Rossiya iqtisodiyoti uchun juda qimmatga tushadi.

Zelenskiy Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini istisno etmadi

Iyun oyi oxirida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy The Philadelphia Inquirer nashriga bergan intervyusida Vladimir Putinning Qora dengiz don yo‘lagini yaratish bo‘yicha kelishuvni kelishishda foydalanilgan tamoyil asosida xalqaro vositachilar orqali tinchlik muzokaralarini olib borish imkoniyatini qabul qilishini aytdi. «Ushbu model g‘alla yo‘lagi misolida birinchi marta Ukraina Rossiya bilan emas, balki BMT va Turkiya bilan muzokaralar olib borganida qo‘llandi, ular, o‘z navbatida, biz bilan muzokaralar olib borish, keyin esa shartnomani imzolash majburiyatini oldilar. Rossiya Federatsiyasi bilan tegishli kelishuv shunday ishladi: BMT va Turkiya o‘rtasidagi ikkita bir xil kelishuv», - deya tushuntirdi u.

Putin Ukraina bilan muzokaralar haqida nima deydi?

14 iyun kuni Vladimir Putin Rossiya TIV rahbariyati bilan gaplashar ekan, Moskva Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga qanday sharoitlarda tayyor bo‘lishini aytib o‘tdi. Ular orasida: Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya viloyatlari hududidan Ukraina qo‘shinlarining olib chiqilishi; Kiyevdan neytral maqom kafolatlari; Qrimning, shuningdek, Donetsk, Luhansk, Xerson va Zaporijjya viloyatlarini Rossiya hududi sifatida tan olish.

Ispaniyaning El Pais gazetasi 10 iyul kuni Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning Yevropa Ittifoqi rahbarlari va Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishelga 5 iyul kuni yuborgan maxfiy hisobotlariga tayanib, Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinping 2024 yil oxirigacha Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari boshlanishini kutayotgani to‘g‘risida xabar berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » So‘rov: Ukrainlarning 44 foizi Rossiya bilan muzokaralarni boshlash tarafdori