13:50 / 23.07.2024
149

Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona ochiladi

Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona ochiladi
Foto: Norr Group
Dubayda yangi mehmonxona (Ciel Tower) ochilishi rejalashtirilmoqda, u balandligi bo‘yicha shaharning o‘z rekordini yangilaydi. Ciel Tower mehmonxonasi Dubai Marina tumanida quriladi.

Bino 82 qavat va 1 000 xonadan iborat bo‘lib, balandligi — 365 metr. Solishtirish uchun: Toshkent teleminorasining balandligi — 375 metr.

Foto: Norr Group
Ushbu loyiha Birlashgan Arab Amirliklari hashamatining yangi ramziga aylanishi kutilmoqda. Osmono‘par bno uchun 2 500 kv. m yer maydoni ajratilgan.

Mehmonxona tomida ochiq osmon ostidagi tomosha maydoni, basseyn va restoran joylashadi. Bino energiya samaradorligi va ekologiya talablariga javob berishi bilan ajralib turadi, aytilishicha, sovitish tizimi turdosh binolarga qaraganda energiyani 25 foiz kam sarflaydi.

Foto: Norr Group
Loyiha muallifi — NORR konstruktorlik byurosi prezidenti va me’morchilik bo‘yicha direktori Yahyo Jon. Mehmonxona 2024 yil oxirida ochilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona ochiladi