10:38 / 16.08.2024
267

Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatida harbiy komendatura tashkil etdi

Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatida harbiy komendatura tashkil etdi
Foto: Kursk viloyati Sudjan tumanida UQK tomonidan o‘qqa tutilgandan keyin Rossiya harbiy kolonnasi ko‘rinishi, 2024 yil 9 avgust / AP Photo
Ukraina Qurolli kuchlari hujum davom etayotgan Rossiyaning Kursk viloyatida harbiy komendatura tashkil etdi. Bu haqda Ukraina armiyasi bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, komendatura “huquq-tartibotni, shuningdek, mahalliy aholining barcha ehtiyojlarini ta’minlashi kerak”. Idoraga general mayor Eduard Moskalev rahbarlik qilmoqda. 15 avgust holatiga ko‘ra, Ukraina armiyasi Kursk viloyatida turli yo‘nalishlarda 500 metrdan 1,5 kilometrgacha oldinga siljidi. Hozirda 82 ta aholi punkti Ukraina armiyasi nazorati ostida.

Operatsiya boshlanganidan beri Ukraina Qurolli kuchlari Kursk operatsiyasi hududi ichkarisiga jami 35 kilometrga kirib bordi”, deydi Aleksandr Sirskiy.

15 avgust kuni Rossiya Mudofaa vazirligi o‘z ma’lumotida Rossiya armiyasi Kursk viloyatidagi Krupes qishlog‘i ustidan nazoratni qaytarib olgani, shuningdek, Ukraina armiyasining Kremyanniy, Russkaya Konopelka, Varvarovka, Safonovka, Sheptuxovka, Kauchuk, Alekseyevskiy va Matveyevka tumanlaridagi hujumlarini qaytarganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina Rossiyaning Kursk viloyatida harbiy komendatura tashkil etdi